50 ga yaqin davlat KXDRning Rossiyaga qurol yetkazib berishini qoraladi
AQSh Davlat departamenti 50 ga yaqin davlat, jumladan Yevropa Ittifoqining aksariyat davlatlari tomonidan yangi yil oldidan va keyin Ukraina KXDR raketalaridan o‘qqa tutilganini qoralagan bayonotini e’lon qildi.

Foto: Vladimir Smirnov / Sputnik Kremlin / AP
50 ga yaqin davlatdan iborat guruh Rossiyaga Shimoliy Koreya raketalarini yetkazib berish va ulardan Ukrainaga qarshi foydalanishni qoraladi. «Biz KXDR eksporti va KXDR ballistik raketalarining Rossiya tomonidan sotib olinishini, shuningdek, Rossiyaning 2023 yil 30 dekabr va 2024 yil 2 yanvar kunlari ushbu raketalarni Ukrainaga qarshi qo‘llaganini keskin qoralaymiz», — deyiladi 10 yanvar, chorshanba kuni AQSh Davlat departamenti va Germaniya tashqi ishlar vazirligi chiqargan bayonotda. Hujjatga Germaniya va deyarli barcha Yevropa davlatlari, shuningdek, Kanada, Isroil, Avstraliya, Yaponiya va Janubiy Koreya qo‘shildi.
Davlatlar qurol sotib olinishini tanqid qilib, bu - Rossiyaning o‘zi qo‘llab-quvvatlagan BMTning bir qancha rezolyutsiyalariga zid ekanini bildirdi. Ular Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo barcha davlatlarni Moskva va Pxenyan tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarni qoralashga chaqirdi. Bayonotda, shuningdek, «Rossiyaning Shimoliy Koreya qurollaridan foydalanishi Yevropa, Koreya yarimoroli, Tinch okeani mintaqasi va butun dunyodagi xavfsizlik holatiga ta’sir qilishi» ta’kidlanadi.
«Ushbu qurollarning berilishi Ukraina xalqi azobini oshiradi, Rossiya urushini qo‘llab-quvvatlaydi va xalqaro qurollarni tarqatmaslik rejimiga putur yetkazadi, - deyiladi hujjatda. - Rossiya Ukraina xalqiga qarshi raketalar va uchuvchisiz uchoqlarni uchirar ekan, biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz».
KXDR raketalari Ukrainaga katta zarar yetkazdi
Yangi yil arafasida va undan keyin ham Rossiya urush boshlanganidan beri Kiyev, Xarkiv va Ukrainaning boshqa shaharlariga barcha turdagi raketalar va hujumkor dronlardan foydalangan holda hujumlarning eng yirik to‘lqinlaridan birini amalga oshirdi. 40 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, 29 dekabrdan beri Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududiga 300 ga yaqin raketa va 200 dan ortiq uchuvchisiz uchoqlarni uchirgan.
AQSh RF va KXDR hamkorligidan xavotirda
Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi harbiy hamkorlik Rossiyaning xalqaro maydonda tobora yakkalanishi fonida kuchayib bormoqda va yangi yilda rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum qilish uchun KXDRdan olingan ballistik raketalardan foydalangan, dedi o‘tgan hafta AQSh Milliy xavfsizlik kengashi strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi.
Unga ko‘ra, Pxenyandagi rejim yaqinda Rossiyaga bir nechta ballistik raketalar va ular uchun qurilmalar yetkazib bergan. Oq uy matbuot kotibi gap qancha raketa haqida ketayotgan bo‘lishi mumkinligini aytmadi. «Bu - Shimoliy Koreya Rossiyani qo‘llab-quvvatlashining sezilarli va xavotirli kuchayishi», dedi Jon Kirbi.
Shimoliy Koreyada ishlab chiqarilgan raketalarning uchish masofasi 900 kmga yaqin. AQSh ma’muriyati taxminiga ko‘ra, Pxenyan o‘z yordami evaziga Rossiyadan harbiy texnika, jumladan, qiruvchi samolyotlar, «yer-havo» raketalari, zirhli texnika va ilg‘or harbiy texnologiyalarni olmoqchi. Bu Koreya yarimoroli va butun Hind-Tinch okeani mintaqasi xavfsizligiga tahdid solishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukrainaga halok bo‘lgan 909 harbiyning jasadi qaytarildi
Jahon | 15:15
-
Surxondaryoda Termiz muloqotining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston | 15:12
-
O‘zbekiston elektr taqsimlash infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun Jahon bankidan 100 mln dollar jalb qiladi
O‘zbekiston | 15:00
-
G‘azoliklarni Liviyaga ko‘chirish rejasi, Rossiya–Ukraina muzokaralari va Tartus portini BAAga topshirgan Suriya – kun dayjesti
Jahon | 15:00
Mavzuga oid

15:15
Ukrainaga halok bo‘lgan 909 harbiyning jasadi qaytarildi

14:36
YeI Rossiyaga bir vaqtning o‘zida to‘rtta sanksiya rejimini qo‘llaydi

13:33
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?

12:34