Jumladan, Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz tumanidagi Miraki, Toşkent viloyatining Parkent tumanidagi Nurobod va Kumuşkon hududlarida zamonaviy dam oliş maskanlarini barpo etiş loyihalari taqdim etildi. 

Şuningdek, Qaşqadaryodagi Maydanak toğ maskanida yengil konstruksiyali xostellar quriş, mavjud binolarni savdo va xizmatlarga qayta ixtisoslaştiriş, hududni obodonlaştiriş loyihalari muhokama etildi. 

Şu bilan birga, taqdimotda tarixiy şaharlardagi bozorlarni turistlar uçun jozibador maskanlarga aylantiriş böyiça dastlabki loyihalar namoyiş qilindi. 

«Bozorlarimizning öziga xos jihatlarini saqlab qolgan holda ularni yurtimizning «taşrif qoğozi»ga aylantiriş kerak. Oziq-ovqat, kiyim-keçak, zargarlik dökonlari, oşxonalar, köngiloçar maskanlar hamohang bölişi, xaridorlar va turistlarni öziga jalb qilişi zarur», dedi Şavkat Mirziyoyev. 

Bu borada Turkiya va arab mamlakatlari tajribasini örganiş, loyihalaştirişga xorijiy mutaxassislarni taklif etiş muhimligi aytib ötildi. 

Taqdimotda Toşkent, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi turizm markazlarida qurilişi rejalaştirilayotgan bozorlar haqida ham axborot berildi. Davlat rahbari ularda ham hududiy koloritni aks ettiriş, turistlar uçun kengroq şaroit yaratiş böyiça körsatmalar berdi. 

Taqdimotda Toşkent davlat sirkini ta’mirlaş, soha uçun kadrlar tayyorlaşda ta’lim va amaliyotni uyğunlaştiriş maqsadida 300 örinli öquv binosini barpo etiş rejalari muhokama qilindi. 

Davlat rahbari loyihalarni takomillaştiriş va sifatli quriş yuzasidan qöşimça körsatmalar berdi.