Xitoyning "Sinxua" davlat axborot agentligi Özbekiston Madaniy meros agentligi ma’lumotlariga tayangan holda, Jizzax viloyatida 11 ta yangi arxeologik yodgorlik aniqlangani haqida xabar berdi.

Şu bilan birga, arxeologiya tadqiqotlari natijasida Andijon viloyatidagi 3 ta, Surxondaryo viloyatidagi 1 ta, Toşkent şahridagi 2 ta, Toşkent viloyatidagi 1 ta, Navoiy viloyatidagi 17 ta, Samarqand viloyatidagi 74 ta – jami 98 ta yangi arxeologiya obektlari töğrisida ma’lumotlar tayyorlanib, körib çiqiş uçun taqdim qilindi.

Respublika miqyosida arxeologik yodgorliklarni muzeylaştiriş, ularni muhofaza qiliş va ularda arxeologik qazişma işlarini olib boriş uçun ruxsatnomalar beriş borasida salmoqli işlar amalga oşirildi, deya xulosa qiladi "Sinxua".