Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada mashinalarni videoga olgan ayolga tashlanib, haqoratlagan haydovchilar javobgarlikka tortildi
Ular MJtKning 1983-moddasi (mayda bezorilik) bilan aybli deb topilgan va jarima jazosi tayinlangan.
Farg‘onada uch yigit ko‘chada harakatlanayotgan mashinalarni videoga olayotgan ayolga tashlanib haqorat qilgan. Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 9 yanvar kuni Farg‘ona shahrida sodir bo‘lgan.
O‘sha kuni soat 14:40 larda ushbu ayol va Toshloq—Farg‘ona yo‘nalishida taksichilik bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar o‘rtasida janjal kelib chiqqan.
Haydovchilar ayolga tashlanib, uni haqorat qilishgan. Atrofda bo‘lganlar holatni videoga tushirib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishgan.
Ayol holat bo‘yicha Farg‘ona shahar IIO FMBga murojaat qilgan va o‘zini haqorat qilganlarga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Uning murojaati o‘rganib chiqilgan va huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning tegishli moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudida chiqarilgan qarorga ko‘ra, ikki nafar haydovchi MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan aybli deb topilib, ularning har biriga BHMning 3 baravari (1 million 20 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Mavzuga oid
18:32 / 10.06.2026
Yo‘l talashib ayol haydovchini haqorat qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026