Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «Biotexnologiyalar klasteri» tashkil etiladi
2025 yil 1 yanvardan bosqichma-bosqich barcha tibbiyot muassasalari tomonidan markazlashmagan tartibda xarid qilinadigan farmatsevtika mahsulotlari xaridi markazlashtirilgan tartibga o‘tkaziladi.
“Farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Quyidagilar tasdiqlandi:
- 2024–2025 yillarda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
- farmatsevtika sohasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining yig‘ma parametrlari;
- Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri faoliyatini jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi.
Klaster hududida “Biotexnologiyalar klasteri” tashkil etilib, unga qo‘shimcha 60 gektar yer maydoni ajratiladi.
Qarorga ko‘ra:
- har yili 1 dekabrgacha tibbiyot muassasalarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, kelgusi yil uchun farmatsevtika mahsulotlariga bo‘lgan talab va ehtiyoj shakllantiriladi va internet saytida joylashtiriladi;
- 2024 yil 1 martdan davlat xaridlarini amalga oshirishda davlat buyurtmachisi bir lotda faqat bitta farmatsevtika mahsulotini (xalqaro patentlanmagan nomi bo‘yicha dori vositalari va tibbiy buyumlar) kiritishi mumkin bo‘lgan tizim joriy qilinadi;
- 2025 yil 1 yanvardan bosqichma-bosqich barcha tibbiyot muassasalari tomonidan markazlashmagan tartibda xarid qilinadigan farmatsevtika mahsulotlari xaridi markazlashtirilgan tartibga o‘tkaziladi.
2024 yil yakunigacha hududiy tibbiyot tashkilotlarining omborlari “Zarur saqlash amaliyoti – (GSP)” talablari asosida tashkil etiladi va termolabil dori vositalarini yetkazib berish uchun maxsus yuk tashuvchi avtotransport vositalari bilan ta’minlanadi.
Mavzuga oid
23:36 / 29.04.2026
AQShda «opium epidemiyasi»ga sabab bo‘lgan farmatsevtika kompaniyasi yopiladi
08:31 / 07.04.2026
O‘zbekiston va Pokiston yuqori texnologiyali dori ishlab chiqarishi mumkin
18:01 / 05.03.2026
Prezident O‘zbekistondagi farmatsevtika korxonalari uchun yangi imkoniyatlarni e’lon qildi
11:02 / 03.03.2026