Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida ishchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha bitim tasdiqlandi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha hamkorlik qiladi. Tegishli bitim 2023 yil 6 iyunda Samarqand shahrida imzolangan.
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Qatar davlati hukumatlari o‘rtasida ishchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Mazkur bitim 2023 yil 6 iyunda Samarqand shahrida imzolangan.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
Mavzuga oid
07:38 / 06.05.2026
O‘zbekistonliklar Germaniyaga 3 ming yevrolik ishlarga taklif qilindi
07:44 / 05.05.2026
Turkiyada yashash ruxsatnomasi uchun to‘lov miqdori oshgani rad etildi
20:29 / 03.05.2026
O‘zbekistonliklar AQShda qishloq xo‘jaligi sohasida ishlashga yuboriladi
22:06 / 01.05.2026