Ural Airlines aviakompaniyasi Samarqand, Namangan, Toşkent, Qarşi, Urganç şaharlariga parvozlarni amalga oşiradi. Dastlabki reys 13 yanvar kuni böladi. Bu haqda Uzbekiston Airports xabar bermoqda.
Kompaniya yölovçilarga Airbus A320 va Airbus A321 kabi samolyotlari bilan xizmat körsatadi.
Reyslar Rossiyaning Yekaterinburg, Samara, Krasnoyarsk va Moskva şahridan (Domodedovo aeroporti va Jukovskiy aeroporti) quyidagi jadval asosida qatnaydi:
- Yekaterinburg — Samarqand — Yekaterinburg yönalişi böyiça parvozlar haftasiga ikki marta — seşanba va juma kunlari;
- Moskva — Namangan — Moskva yönalişi böyiça parvozlar haftasiga ikki marta — duşanba va şanba kunlari;
- Moskva — Toşkent — Moskva yönalişi böyiça parvozlar har kuni;
- Moskva — Qarşi — Moskva yönalişi böyiça parvozlar haftada uç marta — seşanba, payşanba va şanba kunlari;
- Samara — Urganç — Samara yönalişi böyiça parvozlar haftada bir marta — payşanba kunlari.
Eslatib ötamiz, Ural Airlines ötgan yil boşidan beri Özbekistonga qatnovlarni tiklaşga urinib keladi. Xususan, 2023 yil fevral oyida Rosaviatsiya taşkiloti aviakompaniyaga Özbekistonning 6 ta şahriga parvoz qilişga ruxsat bergandi. Qatnovlar öşa yil yozidan boşlanişi kerak edi.
Keyinroq esa Rossiyaning töqqizta aviakompaniyasi Özbekistondan yangi reyslar uçun ruxsat söradi. Ular orasida Ural Airlines ham havo qatnovlarini taşkil etiş uçun ariza topşirgandi. Şu bilan 2023 yil dekabr oyiga kelib yuqoridagi yönalişlarda parvozlar tiklanişi e’lon qilindi.
Ma’lumot uçun, Ural Airlines aviakompaniyasi boş qarorgohi Yekaterinburgda (Rossiya) joylaşgan. Aviakompaniya Rossiyadagi eng yirik beşta aviataşuvçilardan biri hisoblanadi.












