Rossiya Adliya vazirligi «çet el agentlari» reyestrini kengaytirdi. Jumladan, unga yozuvçi Boris Akunin (haqiqiy ismi Grigoriy Çxartişvili) kiritildi.
Adliya vazirligining xabariga köra, Grigoriy Çxartişvili Rossiyaning Ukraina hududidagi harbiy operatsiyasiga qarşi çiqqan, Rossiya va Rossiya Qurolli Kuçlari haqida salbiy imij yaratişga qaratilgan yolğon ma’lumotlarni tarqatgan, Ukraina Qurolli Kuçlarini qöllab-quvvatlaş uçun mablağ yiğiş tadbirlarida qatnaşgan, xorijiy agentlarning materiallari va xabarlarini tarqatiş bilan şuğullangan.
Grigoriy Çxartişvili 1956 yilda Gruziyada tuğilgan, yozuvçi, tarjimon, jamoat arbobi. Detektiv, sarguzaşt, fantastika va tarixiy janrlardagi asarlari bilan nom qozongan. Uning asarlari asosida «Azozil», «Turk gambiti», «Davlat maslahatçisi», «Josus», «Leviafan», «Fandorin» kabi film va seriallar suratga olingan.
Özining siyosiy qaraşlari va Rossiya prezidenti Vladimir Putin rejimini tanqid qilişi bilan ham nom qozongan. 2014 yilda Rossiyani tark etgan va xorijda istiqomat qiladi.
Rossiya qonunçiligiga köra, «çet el agenti» deb e’tirof etilgan fuqarolar va taşkilotlar öz faoliyati va xarajatlari töğrisida Adliya vazirligiga muntazam ravişda hisobot taqdim etişi, barça maqolalarida, jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda ham «çet el agenti» ekanini belgilab qöyişi şart.
2022 yildan boşlab, ularga dars beriş, axborot mahsulotlari yaratiş, ommaviy tadbirlar taşkil etiş, saylov komissiyasi a’zosi böliş taqiqlandi. 2022 yil oxiridan boşlab Rossiya Adliya vazirligi çet el agentlarining yagona reyestrini yuritib kelmoqda.

















