O‘zbekiston | 08:44 / 18.02.2022
3613
2 daqiqa o‘qiladi

Zarafshon milliy tabiat bog‘i Ekologiya qo‘mitasi tizimiga o‘tkaziladi

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasining “Zarafshon milliy tabiat bog‘i faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Samarqand viloyat hokimligining Samarqand viloyati Jomboy tumani hududida joylashgan, umumiy maydoni 2426,2 gektar bo‘lgan Zarafshon milliy tabiat bog‘ini shtat birliklari va moddiy-texnik bazasi bilan birga hamda moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tasarrufidan Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkaziladigan Zarafshon milliy tabiat bog‘ini qabul qilish-topshirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlanadi.

Respublika komissiyasi:

Zarafshon milliy tabiat bog‘ining balansidagi barcha mol-mulki va boshqa obektlarini, shu jumladan, uning pitomnigidagi hayvonlarini xatlovdan o‘tkazadi;

Zarafshon milliy tabiat bog‘ini shtat birliklari va moddiy-texnik bazasi bilan birga hamda amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda belgilangan tartibda Davlat ekologiya qo‘mitasiga qabul qilinishi-topshirilishini ta’minlaydi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi yil yakuniga qadar:

  • Fanlar akademiyasi bilan birgalikda tabiiy obektlar monitoringi yuritilishi va ilmiy-tadqiqot ishlarining tashkil etilishini;
  • Zarafshon milliy tabiat bog‘ining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash choralari ko‘rilishini;
  • Buxoro bug‘ulari uchun yashash joylarini yaxlit saqlash, daryoda suv sathining pasayishi natijasida qirg‘oqlaridagi to‘qayzorlarga bo‘layotgan salbiy ta’sirning oldini olish maqsadida milliy tabiat bog‘i hududini kengaytirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga asoslangan taklif kiritilishini ta’minlaydi.

Mavzuga oid

E`lonlar