Jamg‘irchiyev «Salimboy»dan «ikki do‘st»ni yo‘q qilishni so‘ragan - Sadir Japarov
Qirg‘izistonda prezident Japarov hamda milliy xavfsizlik xizmati rahbari Qamchibek Tashiyevni «eki dos», ya’ni «ikki do‘st» deb atashadi.

Foto: kabar.kg
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov deputat Emil Jamg‘irchiyevning Jogorku Keneshdan qochib ketishiga izoh berdi.
Davlat rahbari voqea haqida eshitganini aytib, xalq deputati Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tganini va o‘zbekistonlik Salim Abduvaliyev bilan uchrashganini ta’kidladi.
«U «Salimboy» laqabli kriminal avtoritet Salim Abduvaliyev bilan uchrashib, «ikki do‘st»ni yo‘q qilishga yordam berishni so‘ragan. Fakt bo‘yicha tergovni Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari O‘zbekiston maxsus xizmatlari bilan birgalikda olib bordi. Natijasi qanday bo‘lishi meni xavotirga solmadi», dedi prezident.
Sadir Japarov «ikki do‘st» kim ekaniga aniqlik kiritmadi.
Mahalliy matbuotga ko‘ra, qirg‘izistonliklar prezident Sadir Japarov va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) rahbari Qamchibek Tashiyevni «ikki do‘st» yoki «eki dos» deb atashadi.
Emil Jamg‘irchiyev Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 378-moddasi 1-qismi «Qirg‘iziston Respublikasi davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish»da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinmoqda. Parlament uni jinoiy javobgarlikka tortishga rozi bo‘lgan.
- Avvalroq, O‘zbekiston va Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari Jamg‘irchiyevga nisbatan 2022 yil dekabrida o‘zbek-qirg‘iz chegarasini noqonuniy kesib o‘tishda gumon qilib, jinoiy ish qo‘zg‘atgani ma’lum bo‘lgandi. O‘zbekistonda bundan tashqari, u firibgarlikda ham gumon qilinmoqda.
- 2024 yil yanvar oyi boshida Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev deputat Jamg‘irchiyev bir necha oydan beri O‘zbekistonda hibsda saqlanayotgan Salim Abduvaliyev bilan uchrashish uchun chegarani noqonuniy kesib o‘tganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘roq paytida Abduvaliyev Jamg‘irchiyev kelgani va «undan Qirg‘izistonda tartib o‘rnatishni so‘ragani»ni tasdiqlagan. «Uning jinoyati og‘irligi unchalik katta emas. Bu modda bo‘yicha fuqarolar qamalmaydi. Biz Jamg‘irchiyevni qamamoqchi emasmiz», degan Tashiyev.
- Jamg‘irchiyev qayerdaligi hozircha noma’lum, u 9 yanvar kuni parlament binosidan qochib ketgani aks etgan video tarqalgan. 10 yanvar kuni Jogorku Kenesh ushbu deputatni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik bildirdi. 12 yanvar kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Jamg‘irchiyev so‘roq qilingani va tergov organlariga kelish majburiyati ostida qo‘yib yuborilgani haqida xabar bergan.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada migrantlar uchun rus tili imtihoni qiyinlashtirildi
Jahon | 20:22
-
Zelenskiy Buyuk Britaniya qiroli bilan uchrashdi
Jahon | 20:15
-
Fors ko‘rfazi davlatlari «arab shengeni» joriy qiladi
Jahon | 20:12
-
Furqat tumanida mahalla raisi hokimlikdagi yig‘ilishdan chiqib vafot etdi
O‘zbekiston | 19:42
Mavzuga oid

11:14 / 21.06.2025
O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston yo‘lagida birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

18:40 / 18.06.2025
Qirg‘iziston poytaxtida blekaut yuz berdi

17:19 / 11.06.2025
O‘zbekiston va Qirg‘iziston mahkumlarni almashadi

17:12 / 09.06.2025