Yiğilişda xususiylaştiriş böyiça işlar holati tahlil qilindi.

Masalan, "Donmahsulot" tarkibidagi savdoga çiqarilgan 43 ta korxonadan bor-yöği 10 tasi sotilgan. Ayrimlari 2-3 yildan beri sotilmasdan turibdi. Bunga sabab xususiy sektorga bermaslik uçun narxi sun’iy oşirib yuborilgan. 

Mutasaddilarga sotilmasdan turgan 33 ta don korxonasi narxini bozor qiymatiga keltirib, joriy yilda sotilişini ta’minlaş vazifasi qöyildi.

Şuningdek, xususiylaştiriş dasturiga kiritilgan 484 ta davlat aktivlari savdoga çiqarilmayotgani tanqid qilindi. Vaholanki, bularning hisobidan yana 200 milliard söm tuşum qilsa bölardi. 

Vazirlar Mahkamasiga qoloqliklarni bartaraf etib, 2024 yilda 20 trillion söm tuşum ta’minlaydigan yangi xususiylaştiriş dasturini kiritiş topşirildi.