2024 yil 16 yanvar kuni BAA Taşqi işlar vazirligida Özbekiston Respublikasi va Birlaşgan Arab Amirliklari hukumatlari örtasida kiriş viza talablaridan özaro ozod etiş töğrisidagi hamkorlik protokoli imzolandi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda. 

Hujjatga köra, Özbekiston fuqarolari 30 kundan oşmagan muddatda BAA hududida bölişi davrida viza talablaridan ozod etiladi.

Hukumatlararo hamkorlik protokoli Özbekistonning BAAdagi favqulodda va muxtor elçisi A.Oqqulov va BAA taşqi işlar vaziri örinbosari Xolid Abdulla Belhul tomonidan imzolandi.

Hujjat rasman 2024 yil 16 fevraldan kuçga kiradi.

Imzolangan hujjat Özbekiston fuqarolari uçun viza rasmiylaştirmasdan boriladigan mamlakatlar sonini 29 taga yetkazib, Özbekistonni Global Passport Power reytingida 71-öringa kötaradi.

  • Ma’lumot uçun, 2023 yil davomida BAAga Özbekistonning 119 ming 454 nafar fuqarosi taşrif buyurgan va viza rasmiylaştiriş uçun 9,2 mln dollar mablağ sarflagan.