Navoiy viloyatining şimoliy hududlarida havo harorati 17 darajagaça pasaydi. Bu haqda Navoiygidromet xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 15 yanvardan 16 yanvarga ötar keçasi viloyatning Uçquduq, Tomdi tumanlari hamda Zarafşon şahrida 6-12 darajagaça, şimoliy Qizilqum hududlarida joylaşgan «Oqbaytal» meteorologik stansiyasida esa 17 daraja sovuq kuzatilgan. «Oqbaytal»da tuproq yuza qatlamidagi minimal harorat 27 daraja sovuqqa yetgan.

Şuningdek, şimoliy hududlarda 1-7 sm qalinlikda qor qoplami saqlanib turibdi. Kunning keça-kunduzlik örtaça harorati, şu kun uçun xos bölgan köp yillik me’yor körsatkiçlardan 1-8 daraja past bölgan.

















