12 yanvar kuni Özbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşining katta yiğilişi böldi. Yil yakunlariga bağişlangan yiğilişni Özbekiston prezidenti, Xavfsizlik kengaşi raisi Şavkat Mirziyoyev olib bordi. Unda davlat rahbari milliy xavfsizlik va mudofaa masalalari qatorida, davlatimizning axborot suvereniteti haqida söz yuritib, quyidagi fikrlarni bildirdi:

“Biz Özbekiston axborot makonida milliy kontent yaratişni öz qölimizga olmas ekanmiz, dunyodagi voqealarga milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan baho bermas ekanmiz, bu işlar xorijdan turib amalga oşirilişiga imkon yaratib beramiz. Çunki odamlardagi yangilik, tahliliy ma’lumotlar, real voqealarga ehtiyojni biz töldirmas ekanmiz, buni boşqalar qiladi. Bunga mutlaqo yöl qöyib bölmaydi.

Har qanday tanqidga javob berişga (tayyor bölişimiz), jurnalist haq bölsa, buni tan olişimiz kerak. Nohaq bölsa, unga tuşuntiriş orqali yolğon xabarlarning oldini olişga örganişimiz va buning nopok va yolğonligini butun jamiyatimizga tuşuntirişimiz kerak”.

Ya’ni prezident, Özbekistonning axborot suvereniteti haqida söz yuritib, davlatçilik oldiga bir qança vazifalar qöymoqda.

Birinçidan, Özbekistonda milliy axborot kontentini yaratiş.

Ikkinçidan, söz va axborot taşabbusi Özbekistonning içida bölişi, milliy manfaatlar bilan boğlanganlik darajasi yuqori bölişi kerakligi.

Uçinçidan, ijtimoiy-siyosiy tafakkurni şakllantiriş yölida, sifatli va keng qamrovli tahliliy ma’lumotlar va axborot oqimini şakllantiriş vazifasi.

Törtinçidan, davlatçilik, davlat institutlari va mulozimlari OAV va jurnalistlarni eşitişi zarurligi, agar jurnalistlar xato qilganda, tuşuntiriş kerakligi urğulandi. Boşqaça qilib aytganda, jurnalistlar, OAVning ösişi uçun, ularga yaşirinça yoki oşkora bosim qiliş yölidan emas, ohista tuşuntiriş usulidan boriş kerakligi aytilgan.

Xöş, millionlik Özbekiston davlati, bugun yetarli darajada axborot suverenitetiga egami? Özbekiston ijtimoiy-siyosiy tafakkurini yetarli darajada qoniqtiradigan axborot kontenti yarata olyaptimi? Taşqi axborot bosimlari pasayib boryaptimi? Qolaversa, Özbekiston OAV, jurnalistlari yetarli darajada himoya qilinganmi, degan savollar paydo böladi.

2019–21 yillarda Özbekistonda jurnalistlar faoliyatini himoya qiliş maqsadida bir qança qonun loyihalari işlab çiqilgan edi. Jumladan, 2019 yilda jurnalistik faoliyatga tösqinlik qilganlik uçun javobgarlik belgilanişi e’lon qilingandi.