Jizzax viloyatida beşta maşina iştirokida yöl-transport hodisasi sodir bölgan. Oqibatda ularning biri yonib ketgan.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 2024 yil 15 yanvar kuni soat 6:50 larda sodir bölgan.
M-39 xalqaro yölida Samarqand-Toşkent yönalişida harkatlanayotgan Nexia maşinasi Şarof Raşidov tumani hududida muzlama tufayli yölning harakatlaniş qismida töxtab qolgan.
Şu paytda u bilan bitta yönalişda kelayotgan yuk maşinasi Nexia’ning orqa qismidan urgan. Oqibatda maşinada yonğin kelib çiqqan.
Yonğinni bartaraf etiş uçun FVB öt öçiriş bölinmasi yetib kelgan. Bölinma vaqtni tejaş maqsadida qayriliş joyidan burilib kelmagan va qarama-qarşi tomonida yölning harakatlaniş qismida töxtab yonayotgan maşinadagi olovni öçirişga uringan.
Şu paytda öz yölidan harakatlanib kelayotgan Nexia va Nexia-3 öt öçiriş maşinasiga kelib urilgan.
Hodisada heç kim oğir tan jarohati olmagan. Hozirda hodisa yuzasidan Şarof Raşidov tumani IIB YHXB tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.












