1971 yildan beri Şveytsariyaning Davos şahrida har yili an’anaviy ravişda Jahon iqtisodiy forumi ötkazib kelinadi. Unda dunyo mamlakatlaridan ekspertlar, işbilarmon doira vakillari, hukumat rahbarlari qatnaşib, bugungi kundagi global muammolarga birgalikda yeçim topişga urinadi. Maqsad – dunyodagi ahvolni yaxşilaş.
15-19 yanvar kunlari forumning 54-yiğilişi bölib ötmoqda. Uning dastlabki kunlarida Ukrainadagi uruş fonidagi geosiyosiy vaziyat, iqlim inqirozi, savdo uruşi kabi masalalar köproq muhokama qilindi.
“Fransiya va Yevropa kelajagi uçun strategik iqtisodiy reja kerak” — Emmanuel Makron
Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning ta’kidlaşiça, Fransiya va Yevropa kelajagi uçun iqtisodiy islohotlar, ekologik barqarorlik va Yevropa suverenitetini mustahkamlaşga e’tibor qaratiş lozim.
Makron strategiyasining asosiy jihati – butun qit’ada integratsiyalaşgan moliyaviy tizimlarni kuçaytiriş uçun Yevropa kapital bozorlari ittifoqini çuqurlaştirişni öz içiga oladi.
U köproq Yevropa davlat investitsiyalarini qöllab-quvvatlab, yevroobligatsiyalarni ustuvor sohalarga yönaltiriş imkoniyatini taklif qildi.
“Bizning qit’amizda juda köp jamğarmalar bor, lekin bu jamğarmalar töğri joylarga, töğri sektorlarga aylanmayapti. Biz oldinga siljişimiz kerak”, dedi Makron.
Şuningdek, Fransiya prezidenti innovatsiyalarni rivojlantiriş va ekologik kun tartibiga amal qilişga çaqirdi.
“Agar biz barqaror rivojlanişni xohlasak, iqlimga va sun’iy intellektga köproq sarmoya kiritişimiz kerak”, dedi u.
“Ğarb dunyosi xavf ostida” — Xaviyer Miley

Argentina prezidenti Xaviyer Miley biznes egalari va siyosiy rahbarlarni sotsializmni rad etişga va erkin tadbirkorlik qoidalarini qabul qilişga çaqirdi.
“Bugun men Ğarb dunyosi xavf ostida ekanligini aytiş uçun keldim. Çunki Ğarb qadriyatlarini himoya qilayotganlarning qaraşlari sotsializm va qaşşoqlikka olib keladigan ğoyalar bilan birlaşgan”, dedi Miley.














