Oxfam xayriya taşkilotlari birlaşmasi özining yillik hisobotida dunyoda ijtimoiy tengsizlik muammosi kuçayib borayotgan bir paytda, 5 million dollardan ortiq aktivlarga qöşimça soliq solişga çaqirdi. Bu haqda 15 yanvar, duşanba kuni çop etilgan Oxfam hisobotida aytiladi.
«Milliardlab odamlar pandemiya, inflatsiya va uruşning zarba tölqinlariga doş berar ekan, milliarderlarning boyligi yanada köpaymoqda», dedi Oxfam Germany ijroçi raisi Serap Altinisik Inequality Inc. (Tengsizlik) hisobotini e’lon qilar ekan.
Oxfam ma’lumotlariga köra, dunyoning eng badavlat beş kişisi 2020 yildan beri öz boyligini ikki baravar köpaytirdi, ya’ni 405 milliard dollardan 869 milliard dollargaça. Oxfam hisob-kitoblariga köra, 2020 yildan beri dunyodagi barça milliarderlar jami 3,3 trillion dollarga boyigan. Bu ularning boyligi inflatsiya darajasidan uç baravar yuqori sur’atda ösganini anglatadi, deya ta’kidlaydi hisobot mualliflari. Şu bilan birga, xuddi şu davrda dunyodagi eng kambağal 5 milliard kişi inflatsiya tufayli 20 milliard dollar yöqotdi.
Boylarga soliq soliş taklifi
«Bizga katta boylik uçun soliq kerak, şunda öta boylar ham umumiy manfaatga öz hissasini qöşadi», dedi Altinisik. Xususan, Oxfarm qiymati 5 million dollardan ortiq bölgan aktivlar uçun ikki foiz, 50 million dollardan ortiq aktivlar uçun uç foiz va 1 milliard dollardan ortiq aktivlar uçun beş foiz soliq undirişni taklif qildi. Yiğilgan mablağlarni iqlimni muhofaza qiliş, ta’lim, soğliqni saqlaş va ijtimoiy ta’minotga yönaltiriş taklif etilgan.
Germaniyada, Oxfam hisob-kitoblariga köra, şunga öxşaş soliq yiliga 93,6 milliard dollarni taşkil qilişi mumkin. Germaniyada 200 mingga yaqin odam bunday soliqlarni tölaşga majbur böladi.

















