“Öta aqlli SI davri yaqin”

Dario Amodey, Anthropic asosçisi:

Foto: Fabrice Coffrini / AFP via Getty Images

— Oxirgi uç-olti oy içida deyarli hamma vazifalar böyiça deyarli hamma odamlardan yaxşiroq sun’iy intellekt tizimlari paydo böla boşlayotganiga işonç hosil qildim. Hali töliq amin bölmasam-da, körganlarimga asoslanib, sun’iy intellekt matematika, dasturlaş va biologiya kabi sohalarda PhD talabalari darajasida yaxşi natijalar körsata boşlaganini aytişim mumkin. Menimça, 2026 yoki 2027 yilga kelib, deyarli barça sohalarni deyarli barça insonlardan yaxşiroq biladigan sun’iy intellekt tizimlariga ega bölamiz.

“Yordamçilar armiyasi”

Endryu Ing, LandlingAI asosçisi:

— Men sun’iy intellektni bir vosita sifatida köraman. Universal sun’iy intellektga ega böliş yaxşi, çunki qöl ostingizda göyoki stajyorlar armiyasi böladi. Ular juda aqlli, siz xohlagan har qanday işni bajarişga qodir. Istalgan topşiriqni bajarişga aqli yetadi. Şuning uçun, menimça, bunday agentlar odamlarga xizmat qilişini ta’minlaş nihoyatda qiziq böladi. Aytgança, intellekt bugungi dunyoda eng qimmat narsalardan biri. Şu sababli şifokor qabuli yoki repetitor yollaş ança qimmatga tuşadi. Lekin agar intellektni arzonlaştirib, uni hammaga bersak, köplab insonlarning imkoniyatlarini kengaytirgan bölamiz.

Dario Amodey, Anthropic asosçisi:

— Agar millionlab nusxada har jihatdan insonlardan ustun agentlarimiz bölsa, men buni data-markaz içiga joylaştirilgan daholar ölkasiga qiyoslagan bölardim. Imkoniyatlar çegarasi haqida gapirsak, biz bu bilan dunyodagi hamma muammolarni bir zumda hal qilamizmi? Menimça, yöq. Masalan, özi yuradigan avtomobillar murakkab masala. Şuning uçun sun’iy idrokning imkoniyatlari fizik olamning xususiyatlari va qonunlar bilan çeklanadi. Farmatsevtika sohasini misol qilsak, klinik sinovlarni baribir özimiz ötkazişimizga töğri keladi. Axir fizika va biologiyadagi qonuniyatlar bilan hisoblaşişimiz kerak. Sun’iy intellekt esa bizga klinik sinovlarni ançagina tezlaştiriş imkonini beradi. Taxminimça, agar sun’iy intellekt imkoniyatlaridan töğri foydalansak, biologiya kabi sohalarda 5-10 yil içida 100 yillik taraqqiyotga erişişimiz mumkin.