Kanada boş vaziri Mark Karni 20 yanvar kuni Şveytsariyaning Davos şahrida ötayotgan Jahon iqtisodiy forumida çiqiş qildi. U öz nutqini asosiy kuçlar geosiyosati bugun heç qanday çegaralarsiz, heç qanday çeklovlarsiz yuritilayotgani haqida boşladi.

"Boşqa davlatlar, ayniqsa Kanada kabi örta kuçlar ojiz emas. Ular inson huquqlariga hurmat, barqaror rivojlaniş, birdamlik, suverenitet va davlatlarning hududiy yaxlitligi kabi qadriyatlarni öz içiga olgan yangi tartibni barpo etiş salohiyatiga ega. Ojizlarning kuçi — avvalo halollikdan boşlanadi.

Göyo har kuni bizga şuni eslatişayotgandek: biz yirik davlatlar raqobati davrida yaşayapmiz, qoidalarga asoslangan tartib yemirilmoqda, kuçlilar qöllaridan kelganini qiladi, kuçsizlar esa boşiga tuşganiga çidaşga majbur».

Karnining aytişiça, bu mantiq qarşisida qolgan davlatlarda «moslaşib ketiş» istagi kuçli, ammo bu iş bermaydi.

Kanada boş vaziri öz nutqida Vatslav Havelning «Ojizlarning kuçi» nomli essesidan bir hikoyani keltirgan. «Unda oddiy savol bor: kommunistik tizim qanday qilib yaşab kelgan? Uning javobi esa bir sabzavot sotuvçidan boşlanadi.

Har tong bu dökon egasi vitrinasiga «Butun dunyo işçilari, birlaşing!» degan yozuvni ilib qöyadi. U bunga işonmaydi, heç kim işonmaydi, ammo baribir osadi — muammolardan qoçiş, itoatkorlikni körsatiş, tinçgina yaşaş uçun. Har bir köçadagi har bir dökon şunday qilgani sababli tizim zöravonlik bilangina emas, balki oddiy odamlarning iç-içidan yolğon ekanini bilgan marosimlarda iştirok etişi orqali yaşab keladi.

Havel buni «yolğon içida yaşaş» deb atagan. Tizimning kuçi uning haqiqatida emas, balki hammaning uni haqiqatdek ijro etişga tayyorligidadir. Uning zaifligi ham aynan şu yerda. Birgina odam bu ijroni töxtatsa, masalan, sabzavotçi yozuvni olib taşlasa, xayoliy parda darz ketadi. Döstlar, kompaniyalar va davlatlar öz «yozuvlarini» olib taşlaydigan payt keldi», deydi Mark Karni.

Uning ta’kidlaşiça, önlab yillar davomida Kanada kabi davlatlar «qoidalarga asoslangan xalqaro tartib» deb atalgan tizim ostida farovon yaşadi.

Lekin, «biz bu tartib haqidagi hikoya qisman yolğon ekanini bilardik: eng kuçlilar qulay bölganda özlarini qoidalardan ozod qilardi, savdo qoidalari notekis qöllanardi. Xalqaro huquq esa ayblanuvçi yoki jabrlanuvçining kimligiga qarab turliça qat’iyat bilan tatbiq etilardi».

Uning aytişiça, şu bois ritorika bilan haqiqat örtasidagi tafovutlar köpinça tilga olinmagan. Endi esa bu kelişuv işlamaydi. «Oçiğini aytay. Biz ötiş davrida emas, uziliş davrida yaşayapmiz», dedi Karni.

«Sönggi yigirma yil içida moliya, soğliqni saqlaş, energetika va geosiyosatdagi inqirozlar haddan taşqari global integratsiya xatarlarini foş qildi. Ammo yaqinda yirik davlatlar integratsiyani qurolga aylantira boşladi: bojlar bosim vositasi, moliyaviy infratuzilma majburlaş quroli, ta’minot zanjirlari esa zaiflik sifatida işlatilmoqda. Agar integratsiya sizni böysundiriş manbaiga aylansa, «özaro manfaat» haqidagi yolğon içida yaşab bölmaydi».

Kanada yetakçisining aytişiça, örta kuçlar tayangan köp tomonlama institutlar – JST, BMT, Iqlim konferensiyalari (COP) kabi jamoaviy muammolarni hal qiliş arxitekturasi xavf ostida qolgan. Natijada «qoidalar sizni himoya qilmasa, özingizni himoya qilişingizga töğri keladi».

Ammo, «barqarorlikka qilingan jamoaviy investitsiyalar – har kimning alohida qal’a qurişidan arzonroq», ayniqsa örta kuçdagi davlatlar uçun.

«Kanada uyğotuvçi qönğiroqni ilk eşitgan davlatlardan böldi va strategik pozitsiyasini tubdan özgartirdi. Kanadaliklar eski farazlar – «geografiya va ittifoqlar avtomatik ravişda farovonlik va xavfsizlik beradi» degan qaraşlar endi amal qilmasligini tuşunadi.

..Biz suverenitet, hududiy yaxlitlik, BMT Nizomiga mos bölmagan kuç işlatişni taqiqlaş, inson huquqlariga hurmat masalalarida qat’iy bölişni maqsad qilganmiz. Şu bilan birga, taraqqiyot bosqiçma-bosqiç bölişini, manfaatlar har doim ham mos kelmasligini, hamkorlarning barçasi qadriyatlarimizni bölişmasligini tan olgan holda amaliy. Şu bois biz dunyo bilan oçiq, keng va strategik tarzda işlayapmiz. Orzu qilgan dunyoni kutib turmaymiz, mavjud real dunyo bilan işlaymiz».

Şuningdek, Karni Kanada endi «faqat qadriyatlar kuçiga emas, balki kuçining qiymatiga ham tayanişini» bildirdi. Bu kuç esa mamlakat iqtisodini rivojlantiriş, ta’lim va sanoatga investitsiya hamda mudofaa xarajatlarini oşiriş bilan amalga oşirilmoqda. Şuningdek, Kanada taşqi aloqalarni ham rivojlantirmoqda.

16 yanvar kuni Mark Karni Pekinda Xitoy yetakçisi Si Jinping bilan uçraşdi / Foto: Reuters

«Kanada – Yevropa mudofaa xaridlari tizimiga (SAFE) qöşildi. Sönggi kunlarda Xitoy va Qatar bilan yangi strategik hamkorliklarni yakunladik. Hindiston, ASEAN, Tailand, Filippin va Mercosur bilan erkin savdo bitimlari böyiça muzokaralar olib boryapmiz», — dedi u.

Şu bilan birga Karni Arktika suvereniteti masalasida Grenlandiya va Daniya bilan qat’iy birdamligini, NATOning 5 moddasiga qat’iy sodiqligini ta’kidladi. «Kanada Grenlandiya böyiça bojlar joriy etilişiga qat’iy qarşi va Arktikada xavfsizlik hamda farovonlik böyiça umumiy maqsadlarimizga erişiş uçun aniq muzokaralarni yoqlaydi».

Şu bilan birga Kanada boş vaziri örta kuçdagi davlatlarni birlaşişga çaqirdi.

«Men şuni aytaman: örta kuçlar birgalikda harakat qilişi şart. Çunki agar biz stol atrofida bölmasak, menyuda bölamiz. Yirik kuçlar hozirça yolğiz yurişga qodir – bozor hajmi, harbiy qudrati va bosim imkoniyatlari bor. Örta kuçlarda esa bunday imkoniyat yöq.

Gegemon bilan faqat ikki tomonlama muzokara qilganimizda, biz zaiflikdan muzokara qilamiz. Taklif qilinganni qabul qilamiz, lekin bu – suverenitet emas. Bu böysunişni qabul qilgan holda suverenitetni ijro etiş xolos».

Kanada yetakçisi «qattiq kuç»ning yuksalişi boşqa davlatlarni «qonuniylik, halollik va tartib-qoidalar kuçini unutişga» majbur qilmasligi kerakligini aytdi.

Karni qoidalarga asoslangan hozirgi xalqaro tartibni öz nomi bilan ataş kerakligini aytdi – «iqtisodiy integratsiya majburlaş quroliga aylangan, yirik kuçlar raqobati kuçayib borayotgan tizim».

«Bu ittifoqçi va raqiblarga bir xil mezon qöllaşni anglatadi. Agar bir tomondan iqtisodiy bosimni qoralab, boşqasiga kelganda jim qolsak, demak vitrinalardagi yozuv hanuz turibdi. Bu eski tartib qaytişini kutmasdan, işlaydigan institutlar va bitimlar yaratişni anglatadi. Bu esa kuçli içki iqtisodiyot qurişdir. Bu har bir hukumatning darhol ustuvor vazifasi bölişi kerak», deydi u.

Foto:Reuters

Mark Karnining aytişiça, Kanada – «energetik super-davlat». U «muhim minerallarning ulkan zaxiralariga ega, kapital, iste’dod va qat’iy harakat qiliş uçun ulkan moliyaviy salohiyatli hukumat»ga ega. Şu bilan birga Kanada nimalar bölayotganini anglaydi va «vitrinalardagi yozuvni olib taşlayapti».

«Eski tartib qaytmasligini bilamiz. Uni soğinib ötiriş kerak emas. Nostalgiya - strategiya emas. Ammo biz işonamizki, bu parçalanişdan yanada kuçliroq va adolatliroq narsa quriş mumkin. Bu haqiqiy hamkorlikdan eng köp foyda köradigan örta kuçlar vazifasidir. Kuçlilar öz kuçiga ega. Ammo bizda ham yolğon ijrosini töxtatiş, haqiqatni nomlaş, içki kuçimizni quriş va birgalikda harakat qiliş salohiyati bor», dedi Karni.

Şuningdek, Karni Kanadaning uşbu yöli «birga yurişga tayyor har qanday davlat uçun oçiq» ekanini aytdi va nutqini yakunladi.

60 yoşli Mark Karni 2025 yil mart oyida Jastin Tryudo iste’foga çiqqanidan söng Liberal partiya rahbari etib saylandi va Kanada boş vaziri lavozimini egalladi.

Siyosatga kirişdan oldin u dunyoga maşhur iqtisodçi sifatida tanilgan. U iqtisodiy inqirozlarni boşqariş böyiça katta tajribaga ega bölib, Kanada banki (2008–2013) va Angliya banki (2013–2020) boşqaruvçisi lavozimlarida işlagan. Şuningdek, Karni iqlim özgarişi va moliya masalalari böyiça BMT maxsus vakili sifatida ham faoliyat yuritgan.