Yakşanbaga ötar keçasi taxminan soat uçlarda Leningrad oblasti gubernatori Aleksandr Drozdenko öz telegram-kanalida «Novatek» kompaniyasining Ust-Luga portidagi terminalida yonğin boşlangani haqida xabar qildi.

«„Novatek“ kompaniyasining Ust-Luga portidagi terminalida sodir bölgan yonğin oqibatida halok bölganlar yöq. Xodimlar evakuatsiya qilindi», — deya aniqlik kiritgan u.

Rasmiylar yonğinni öçiriş işlariga FVV va oblast yonğinga qarşi qutqaruv xizmatini (Lenoblpojspas) jalb etgan va tongga kelib qutqaruvçilar yonğin öçoğini örab olişgan. Kunning ikkinçi yarmida ham 100 kub metr hajmli sisternalardan biri yonayotgandi.

Yonğin oqibatida ikki sisterna va nasos stansiyasi şikastlangan, deya xabar bergan TASS agentligi Kingisepp rayoni ma’muriyati navbatçilik xizmatiga tayanib.

«Fontanka» naşri esa yirik gaz saqlaş omboriga ham zarar yetgani haqida yozgan.

«Kingisepp rayonida yuqori şaylik rejimi joriy etildi. Rayon ma’muriyati rahbari Yuriy Zapalatskiy operativ ştab yiğilişini ötkazmoqda. Leningrad oblasti ma’muriyatining mas’ul mutaxassislari mening topşiriğim bilan voqea joyiga borişgan», - deya hisobot berdi region rahbari.

Kingisepp rayonida yuqori şaylik rejimi joriy etilgan. Foto: Pyotr Kovalyov/TASS

Tunda Sankt-Peterburg atrofida mahalliy aholi vakillari dronlarni videoga olişgan. Guvohlarning hikoyalariga köra, ular Ust-Luga portidagi terminallar joylaşgan Kingiseppskiy rayoni tomon yöl olişgan.

«Ostorojno Sobçak», Baza va Shot telegram-kanallari yozişiça, mahalliy aholi vakillari dronlar va portlaşlar ovozlarini eşitişgan.

Yonğin vaqtida portda Panama, Belgiya, Ummon va Liviyadan kelgan kemalar va tankerlar bölgan, deb xabar qiladi «Fontanka».

Ukrainaning «RBK-Ukraina» naşri öz manbalariga havola qilgan holda xabar berişiça, «nişonlar Ukraina xavfsizlik xizmati dronlari aniq nişonga olgan».

«Leningrad oblastidagi «Ust-Luga Oyl» neft terminali - duşman uçun muhim obekt. U yerda RF qöşinlari uçun ham yetkazib beriladigan yonilği qayta işlanadi», — deya UXXdagi manbasidan iqtibos keltiradi naşr.

Ukraina tomoni hozirça bu borada rasmiy bayonot bermadi.