O‘zbekistonda milliy havo sifati standartlari ishlab chiqilyapti
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda atmosfera havosi sifati monitoringi bo‘yicha milliy platforma va mobil ilovani ishlab chiqishga qaratilgan loyiha amalga oshirilmoqda.

Foto: Kun.uz
Unga ko‘ra, havodagi mayda zarrachalar miqdori va ularning aholiga ta’siri bo‘yicha milliy havo sifati standartlari ishlab chiqiladi.
2023 yilda loyiha doirasida Surxondaryo, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholining atmosfera havosi ifloslanishidan kasallanish darajasini o‘rganish boshlandi.
Shu bilan birga, respublikada atmosfera havosining ifloslanish darajasining joriy ko‘rsatkichi ma’lum bir hudud uchun ustuvor ifloslantiruvchi moddalardan kelib chiqqan holda hisoblangan atmosfera ifloslanishining kompleks indeksi hisoblanadi.
Keyingi yillarda havoning ifloslanish darajasi ortib bormoqda. Toshkent shahrining atmosfera havosidagi chang miqdori bo‘yicha ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 1,3 baravar oshib ketgan.
Shu bilan birga, 2023 yilda Toshkent shahridagi havo ifloslanishini avtomatik nazorat qiluvchi stansiyalar ma’lumotlariga ko‘ra, IQAir sayti shkalasi bo‘yicha eng ifloslangan oy yanvar bo‘lgan.
JSST tavsiyalariga ko‘ra, havoning ifloslanishi salomatlik uchun xavfli bo‘lib, insult, yurak-qon tomir kasalliklari, nafas olish tizimi xastaliklari va o‘pka saratonini keltirib chiqaradi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
Jahon | 00:59
-
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
O‘zbekiston | 00:26
-
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi
Jahon | 23:45 / 13.05.2025
-
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
Jahon | 23:29 / 13.05.2025
Mavzuga oid

15:05 / 30.04.2025
Toshkentda "Ekologik patrul" qo‘shma bo‘linmasi tashkil etiladi

13:36 / 29.04.2025
O‘zbekistonda Ekologiya kodeksi qabul qilinadi

19:14 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi

16:55 / 08.04.2025