Özbekiston Ekologiya vazirligi Toşkent şahridagi atrof-muhitga ta’sir körsatuvçi korxonalarda monitoring ötkazilgani haqida xabar berdi.
Monitoring natijalariga köra, Çilonzor tumanidagi atrof-muhitga ta’sir körsatişning I va II toifasiga mansub 70 ta korxonaga, jumladan, beton, un mahsulotlari, keramika va kafel, mato-gazlama va boşqa mahsulotlar işlab çiqaradigan korxonalarga çang-gaz tozalaş uskunalarini örnatiş töğrisida ogohlantiriş xatlari berilgan.
Xuddi şunday xatlar Sergeli tumanida 68 ta korxonaga, Yangihayot tumanidagi 22 ta korxonaga ham jönatilgan.

Vazirlik xabarida aytilişiça, “Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida”gi qonunning 9-moddasiga asosan, 2024 yil 12 yanvar holatiga Toşkent şahrida joylaşgan 42 ta korxona tomonidan çora-tadbirlar rejasi taqdim etilgan. Şundan atmosfera havosini muhofaza qiliş böyiça 75 ta tadbir belgilangan.
Har çorakda korxonalar tomonidan amalga oşirilgan işlar, jumladan 1517 ta atrof-muhitga ta’sirni körib çiqiş, 221 ta atrof-muhitga ta’sir oqibatlarini me’yorlaştiriş, 371 ta atmosfera havosiga taşlanadigan taşlamalarni me’yorlaştiriş, 651 ta çiqindilarning hosil bölişi va joylaştirilişini me’yorlaştiriş va 3 ta oçiq suv havzalariga taşlanadigan oqovalarni me’yorlaştiriş töğrisida ma’lumot berib boriladi.

Qayd etilişiça, yuqoridagi loyiha hujjatlaridan 2392 tasiga ijobiy xulosa berilgan. 321 tasi qayta körib çiqiş uçun qaytarilgan va 50 tasiga salbiy xulosa berilgan. 189 ta obekt körsatilgan kamçiliklarni bartaraf etganidan keyin ekologik ekspertizaning ijobiy xulosasi berilgan.
“2022 yilda 2460 ta hujjatga ekologik xulosalar berilgan bölsa, 2023 yilda bu körsatkiç 303 taga köpaydi. Jumladan, Çilonzor, Yangihayot va Sergeli tumanlaridagi korxonalar hududida örganiş işlari ötkazilib, ekologik normativ hujjatlarni işlab çiqiş yuzasidan majburiy körsatmalar berildi














