Oliy sud Andijon tumanining sobiq hokimi Abdujabbor Egamberdiyev qamoqdan ozod qilingani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga köra, jinoyat işlari böyiça Marhamat tuman sudining 2023 yil 8 fevraldagi hukmiga muvofiq Abdujabbor Egamberdiyev (1974 yilda Andijon viloyatida tuğilgan, Andijon tumani xokimi lavozimida işlagan) Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi «a» bandi, 207-moddasi 1-qismi va 229-4–moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi 2-qismi va 61-moddasi tartibida 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilgan holda, oylik iş haqining 20 foizini davlat daromadiga uşlab qoliş şarti bilan 2 yil muddatga axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan.
A.Egamberdiyev va uning himoyaçisi tomonidan sudga ötalmay qolgan mansabdorlik lavozimlari va moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarda işlaş huquqidan mahrum qiliş jazosidan Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari şartli ozod qiliş haqidagi arizasi taqdim etilgan.
Jinoyat işlari böyiça Oltinköl tuman sudining 2024 yil 18 yanvardagi ajrimi bilan A.Egamberdiyevning arizasi qanoatlantirilib, u faqatgina ötalmay qolgan 1 yil 3 oy 16 kun mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qiliş qöşimça jazosini ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilingan.
«Bugungi kunda A.Egamberdiyev unga sud hukmi bilan tayinlangan axloq tuzatiş işlari asosiy jazosini belgilangan tartibda probatsiya guruhi hisobida ötab kelmoqda.
Bundan körinadiki, A.Egamberdiyev oqlanmagan va uning oqlangani töğrisida tarqatilgan xabar haqiqatga mos kelmaydi», — deyiladi xabarda.
- Abdujabbor Egamberdiyev muqaddam köp yillar soliq tizimida işlagan, 2016-2021 yillarda Andijon viloyati hokimi örinbosari bölgan 2021-2022 yillarda Andijon tumaniga hokimlik qilgan, 2022 yil sentabrida prezident administratsiyasining sobiq rahbari Sardor Umrzoqov raisligida ötgan yiğilişda «davlat xizmatçisi etikasiga nomunosib xatti-harakatlari, rahbarlik madaniyatini saqlamagani, ötkazilgan qabullarda fuqarolarga hurmatsizlikka yöl qöygani va faoliyatidagi boşqa kamçiliklari» uçun Andijon tumani hokimi lavozimidan ozod etilgandi














