Rossiyaning Belgorod oblasti Yablonovo qişloği yaqinida Il-76 rusumli harbiy-transport samolyoti halokatga uçradi. Bu haqda dastlab «112» telegram-kanali xabar tarqatdi. Kanal bortda 63 kişi bölgani va heç kim omon qolmaganini ma’lum qildi. 63 kişi halok bölgani haqida rossiyalik harbiy muxbir Yuriy Kotenok ham xabar qilgan, u bu ma’lumotni qayerdan olganiga aniqlik kiritmagan.
Belgorod oblasti gubernatori Vyaçeslav Gladkov aynan nima bölganini oçiqlamagan holda Koroçansk rayonida röy bergan «hodisa» haqida yozdi. «Hozirda voqea joyida tergov guruhi va FVV xodimlari iş olib bormoqda. Öz iş grafigimni özgartirdim va hududga yöl oldim. Barça tafsilotlar keyinroq», — degan uning xabarida.
Köp ötmay Rossiya mudofaa vazirligi Il-76 halokatini tasdiqladi. Vazirlikka köra, bortda almaşuv uçun Belgorod oblastiga olib kelingan ukrainalik 65 nafar harbiy asir, samolyot ekipajining olti a’zosi hamda uç nafar kuzatib boruvçi bölgan. Harbiy idora samolyot rejali parvozni amalga oşiriş çoğida halokatga uçraganini ma’lum qilgan. Havo-kosmik kuçlari komissiyasi «halokat sabablarini örganiş» uçun voqea joyiga yöl olgan.
Keyinroq Gladkov bortda bölganlarning heç biri omon qolmaganini tasdiqladi.
«Bletgorod» telegram-kanalida Belgorod atrofida samolyot halokatga uçragani aks etgan video joylaştirilgan.
«Ukrainskaya pravda»ning Ukraina qurolli kuçlaridagi manbasi samolyot halokati — Ukraina qurolli kuçlarining «işi» ekani haqida xabar berdi. Naşrning Boş ştabdagi suhbatdoşi uşbu samolyot raketalar olib ketayotgan bölganini aytgan. Ma’lum vaqt ötib «Ukrainskaya pravda» öz xabarini tahrirlab qöydi. Endi u yerda faqat Ukraina qurolli kuçlaridagi manba samolyot qulagani faktini tasdiqlagani haqidagi ma’lumot qolgan. Naşr suhbatdoşi samolyot Xarkiv oblastini öqqa tutişda qöllanadigan S-300 komplekslari uçun raketalarni taşiganini aytgan. Il-76 halokati — «Ukraina qurolli kuçlarining işi» ekani haqidagi ma’lumot materialdan olib qöyilgan.

Ukraina mudofaa vazirligidagi manba «Suspilne» naşriga Il-76 Ukraina QK tomonidan öqqa tutilgani haqidagi ma’lumotni hozirça tasdiqlay olmasligi, «ma’lumot hali örganilayotgani»ni bildirgan.















