Ukraina qurolli kuçlari Belgorod oblastiga bostirib kirganidan bir hafta ötgaç, u yerda harbiy harakatlar kuçaymoqda, tomonlar qöşimça kuçlarni jalb qilmoqda. Rossiya mudofaa vazirligi avvalroq Ukrainaning barça hujumlari qaytarilgani haqida bayonot bergandi, biroq rossiyalik harbiy blogerlar va mahalliy rasmiylar vaziyatni murakkab deb baholagan. Belgorod oblasti rahbarining aytişiça, hududida janglar ketayotgan Krasnoyarujskiy rayonining deyarli barça aholisi evakuatsiya qilingan.
Rossiya-Ukraina frontining uşbu yangi uçastkasida nimalar sodir bölayotgani haqida – BBC şarhida.
Ukraina qurolli kuçlari qömondonligi odatda hujum amaliyotlari qanday keçayotganini juda kam izohlaydi, Belgorod oblasti bilan boğliq vaziyatda esa umuman izoh bermayapti.
Rossiya mudofaa vazirligi ham Belgorod oblasti hududidagi vaziyatni kam yoritmoqda. 18 mart kuni Ukraina qurolli kuçlarining Rossiya mudofaasini yorib ötişga birinçi urinişlari haqida ma’lum bölgaç, harbiy rahbariyat barça hujumlar qaytarilgani, davlat çegarasini kesib ötişga yöl qöyilmagani haqida bayonot bergandi.
«Belgorod yönalişida „Sever“ qöşinlari guruhi bölinmalari tomonidan Sumi oblastining Ugroyedi, Miropole va Krasnopole aholi punktlari hududlarida Ukraina qurolli kuçlarining ikkita mexanizatsiyalaşgan brigadasi, hujum polki va hududiy mudofaa kuçlari brigadasining jonli kuç va texnikasi töplangan joylarga zarba berildi», – deyiladi vazirlikning 25 mart kungi hisobotida.
Avvalgi ma’lumot bilan soliştirganda, bu xabarda Ukrainaning bitta aholi punkti nomi tuşib qolgan va Ukraina tomoni yöqotişlari haqidagi ma’lumotlar boşqaça edi.
Evakuatsiya
Şu bilan bir vaqtda rossiyalik harbiy blogerlar Belgorod oblastidagi murakkab vaziyat haqida xabar bermoqda, mahalliy OAV allaqaçon ikkita hudud – Krasnoyarujskiy va Rakityanskiy rayonlari şiddatli öqqa tutilgani haqida yozmoqda, internetda infratuzilma inşootlari vayron bölgani aks etgan tasvirlar paydo bölgan.
Region rahbari Vyaçeslav Gladkov 23 mart kuni Belgorod oblastining Krasnoyarujskiy rayonida yaşovçi ayolining aksar qismi – «amalda barçasi» evakuatsiya qilinganini aytdi. Uning sözlariga köra, evakuatsiya Rakityanskiy rayoni aholisining ham bir qismini qamrab olgan. Gladkov xavfsiz joylarga olib ketilganlarning jami soniga aniqlik kiritmagan.




















