Yevropa kengaşi parlament assambleyasi (YeKPA) deputatlari Ozarboyjon delegatsiyasi vakolatlarini ratifikatsiya qilişdan boş tortdi. Bunday qarorga davom etayotgan inson huquqlari buzilişi, muxolif siyosatçilar va mustaqil ommaviy axborot vositalari ta’qib etilişi, Toğli Qoraboğda rasmiylar harakatlari va Bokuning Yevropa kengaşi kuzatuvçilarini prezidentlik saylovlariga taklif qilişdan boş tortgani sabab bölgani aytiladi. «Assambleya Ozarboyjon delegatsiyasining vakolatlarini tasdiqlamaslikka qaror qildi», deyiladi YeKPAning 24 yanvar, çorşanba kuni Strasburgda qabul qilingan rezolyutsiyasida. Zalda hozir bölgan 90 nafar deputatdan 76 nafari qarorni qöllab-quvvatladi, 10 nafari qarşi ovoz berdi, yana tört nafari betaraf qoldi.
Inson huquqlari, demokratiya va qonun ustuvorligi
Ikki kun oldin, barça milliy delegatsiyalar vakolatlarini tasdiqlaş tartibi bölib ötadigan YeKPAning qişki sessiyasi oçilişida sotsialistlar guruhi rahbari, Germaniyadan deputat Frank Şvabe Boku vakillarini ratifikatsiya qilişdan boş tortişni taklif qildi. U bu taklifni Ozarboyjon harakatlari Yevropa kengaşining hamkorlik tamoyillarini buzayotgani bilan izohladi. Şvabe taşabbusi zarur miqdordagi YeKPA a’zolari tomonidan qöllab-quvvatlandi. Assambleyaning kuzatuv qömitasi Bokuga qöyilgan barça da’volarni örganib çiqib, Ozarboyjon delegatsiyasining vakolatlarini ratifikatsiya qilmaslikni tavsiya qildi. YeKPA bu tavsiyani inobatga oldi.
«Assambleya Ozarboyjon Yevropa kengaşiga qöşilganidan keyin 20 yildan köproq vaqt ötib, taşkilotga a’zoligidan kelib çiqadigan asosiy majburiyatlarini bajarmaganidan afsusda», - deyiladi rezolyutsiyada. YeKPA a’zolari erkin va adolatli saylovlar ötkazilmasligi, qonun çiqaruvçi hokimiyat zaifligi, mustaqil sud tizimi yöqligi va inson huquqlari buzilişidan «jiddiy xavotirda», deyiladi ma’lumotda. Siyosiy mahbuslar, ommaviy axborot vositalari va söz erkinligi buzilişi haqidagi köplab xabarlar ham YeKPA deputatlarining qaroriga ta’sir qilgani aytiladi.
Alohida rezolyutsiyada Loçin yölagining blokadasi va Ozarboyjon hukumatining 2023 yil sentabr oyida Toğli Qoraboğdagi harbiy harakatlari, bu hududdan «butun arman aholisining çiqib ketişiga» olib kelgani haqida söz boradi. Bundan taşqari, hujjatda Bokuning YeKPA bilan monitoring tartibi doirasida hamkorlik qilişdan boş tortgani, «xususan, bölajak prezidentlik saylovlarini kuzatiş uçun taklifning yöqligi, şuningdek, assambleya ma’ruzaçilari bilan hamkorlik kuzatilmayotgani» qayd etilgan.












