Keça Özbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elçisi Sardor Rustamboyev Hindiston poytaxtiga keldi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Diplomat 45 yoşda. Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti, London universitetining (Buyuk Britaniya) Şarq va Afrika tadqiqotlari maktabi, Özbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini bitirgan. Siyosiy fanlar nomzodi ilmiy darajasiga ega.
Taşqi işlar vazirligi tizimida 2000 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. U markaziy apparatda attaşedan tortib bölim boşliğigaça bölgan turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Özbekistonning Buyuk Britaniyadagi elçixonasi va Şanhay hamkorlik taşkiloti (Pekin ş., Xitoy) kotibiyatida işlagan. 2018-2023 yillarda mamlakatning Fransiyadagi elçixonasiga rahbarlik qilgan.
Sardor Rustamboyev 2020–2023 yillarda Dehlidagi elçixonaga rahbarlik qilgan va 2023 yil sentabr oyida Özbekistonning Germaniyadagi elçisi etib tayinlangan Dilşod Ahadov örniga tayinlandi.












