Somali qirğoqlarida katta va kiçik kemalarga hujum qilgan qaroqçilar soni köpaygan. Bu husiy jangarilarining savdo kemalariga hujumlari tufayli Qizil dengizda xavfsizlik buzilganidan keyin sodir böldi, deb xabar berdi Bloomberg.
Noyabr oyidan beri Somali öz qirğoqlari yaqinida tijorat kemalariga beşta hujumni qayd etdi. Masalan, dekabr oyida Malta bayroği ostidagi MV Ruen kemasi qaroqçilar tomonidan garovga olindi. Şundan söng Hindiston, Yaponiya va Ispaniya harbiy kemalari ekipajning 18 a’zosini qutqarib olişdi. Xalqaro dengiz byurosi ma’lumotlariga köra, bu 2017 yildan beri Somali qirğoqlari yaqinida kemaning birinçi öğirlanişi böldi.
5 yanvar kuni Hindiston harbiy-dengiz kuçlari Liberiya bayroği ostidagi MV Lila Norfolk kemasiga yordam beriş uçun harbiy kema va vertolyotlar yubordi, biroq qaroqçilar qoçişga muvaffaq bölişdi.
Crisis 24 xalqaro xavfsizlik konsalting kompaniyasi ma’lumotlariga köra, yirik kemalarga hujumlardan taşqari, sönggi haftalarda Eronning kamida beşta kiçik baliq ovlaş kemasi hujumga uçragan.
Qaroqçilikning ortişiga Yevropa harbiy kemalarining Somali qirğoqlarini tark etişi va AQŞ kuçlarining Yamandagi husiylar tahdidiga e’tibor qaratişi sabab bölmoqda.
Şarqiy Afrika yuk jönatuvçilar kengaşi qaroqçilikning tiklanişi yuk jönatuvçilar uçun xarajatlarni oşişi va ta’minot zanjirlarini buzişi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Husiylarlarning «Ansorulloh» guruhi 2015 yildan beri amalda Yamanni boşqarib kelmoqda, BMT esa ularning boşqaruvi qonuniyligini tan olmaydi. Husiy rejimini Eron va «Hizbulloh» qöllab-quvvatlayapti, deb işoniladi.
Isroil va HAMAS örtasida uruş boşlanganidan söng, husiylar Isroil şirkatlariga tegişli bölgan yoki Qizil dengizda Isroil bayroği ostida suzadigan har qanday kemaga hujum qilişini e’lon etdi.
AQŞ va Buyuk Britaniya harbiylari Yamandagi husiylar qarorgohlariga zarba beriş orqali kemalarga hujumlarning oldini olişga harakat qilmoqda.













