2024 yil 29 yanvar kuni jinoyat işlari böyiça Nişon tuman sudida bloger Abduhakim Abdujalilovga oid jinoyat işida hukm öqilgan. Bu haqda Qaşqadaryo viloyat sudi matbuot kotibi xabar bermoqda.
Unga köra, 1974 yilda Namangan viloyatida tuğilgan A.Abdujalilov Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamaçilik) 2-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan.
Sud unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlagan. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilangan.
A.Abdujalilov blogerlik faoliyati bilan şuğullangan, “Achchiq haqiqat” MÇJ rahbari va şu nomdagi kanal admini bölgan. Ma’lum bölişiça, jinoyat Qaşqadaryoda sodir bölgan.
“Birinçi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Qaşqadaryo viloyat sudiga şikoyat beriş va protest keltirişga haqliligi ma’lum qilinadi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Emine Karamanova nomi bilan tanilgan bloger Lemara Mirzaahmedova tuhmat, haqorat qiliş va tovlamaçilik jinoyatlarida aybli deb topilgan va 7,5 yilga qamalgandi.
Şuningdek, Şahrixon tumani tibbiyot birlaşmasi qabulxona-diagnostika bölimi mudiri vazifasida işlagan bloger Otabek Ahliddinov ham tovlamaçilik va talon-toroj qilişda ayblangan va 7 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum qilingandi.
















