Toşkent viloyatining Ohangaron tumanida Xitoy bilan hamkorlikda ayerodrom quriladi. Bu haqda Toşkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Şençjyen şahrida ötkazilgan Özbekiston-Xitoy biznes forumida Ohangaron tumanida xususiy ayerodrom quriş böyiça kelişuvga erişilgan.

Ayerodrom tumanning “Yangi hayot” MFY hududida yuz foiz Xitoy kapitali iştirokida quriladi. Markaziy Osiyoda yagona bölgan mazkur xususiy ayerodromni quriş işlari joriy yilning ikkinçi yarmida boşlanişi rejalaştirilgan. Loyiha qiymati 380 mln AQŞ dollarini taşkil qiladi.

Oldinroq Xitoy Özbekistonda yöl infratuzilmasi bilan boğliq inşootlar qurişda qatnaşişi mumkinligi xabar qilingandi.