Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 30 yanvar kuni ötgan majlisida deputat Mavluda Ahmadjonova Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vaziri Aziz Abduhakimovdan Toşkent şahri va atrofidagi qozonxona va issiqxonalar zaharini kamaytiriş uçun nima iş qilinayotganini söradi.

"Toşkent şahri atrofidagi mingdan ortiq issiqxonalar, 25 ming ovqatlaniş şoxobçalari mavjud. Ularning aksariyati kömir va boşqa yoqilğilardan foydalanadi. Biroq açinarlisi şundaki, issiqxonalarni isitiş uçun işlatilgan avtomobil şinasidan ham foydalanilmoqda. Toşkent şahri atrofidagi issiqxonalar va qozonxonalarning havoni ifloslantirişiga çek qöyiş uçun qanday çora körilyapti va bu böyiça aniq takliflar bormi?” – deb savol berdi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Adhamjonova.

Aziz Abduhakimovning javob berişiça, vazirlik xodimlari ekoinspektorlar bilan birgalikda issiqxonalar qayerda joylaşganini birma-bir 1,5 oy davomida örganib çiqqan.

“Buni özimizning xaritamizda belgilab çiqdik va uni şahar atrofida zarraçalarning yaşil belboği emas, kulrang belboği deb atadik. Şu narsa bizni juda qiynayapti”, – dedi Abduhakimov.

Vazirning qöşimça qilişiça, tadbirkorlar bilan işlab, qisqa muddatda qozonxonalarga filtrlar örnatiş masalasi körib çiqiladi.

“Şunday qilinmasa, Toşkentdagi atmosfera darajasining doimiy ravişda qizil röyxatga tuşişi oldini ololmaymiz. Şuning uçun bu masalada birgalikda işlaşga tayyormiz”, – dedi Ekologiya vaziri.