Asaka tumanida köp yillik manzarali daraxtlarni kesib taşlaş holati aniqlandi. Bu haqda Andijon viloyati Ekologiya boşqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.  

Ma’lum qilinişiça, Andijon viloyat prokuraturasi, viloyat Milliy gvardiya hamda Ekologiya boşqarmalari xodimlari tomonidan nazorat reyd tadbiri ötkazilgan. Tadbir davomida Asaka tumani, “Yangiobod” MFY hududida köp yillik 6 tup çinor daraxti kesilgani aniqlangan.  

Ötkazilgan suriştiruvlar davomida mazkur çinor daraxtlarini kesiş böyiça qonunçilikda belgilangan tartibda tegişli ruxsatnomalar olinmagani, “Ösimlik dunyosini muhofaza qiliş va undan foydalaniş töğrisida”gi qonun talablari qöpol ravişda buzilgani ma’lum bölgan. Çinorlarni kesiş orqali ösimlik dunyosiga 317 mln 50 ming söm miqdorida zarar yetkazilgan. 

Holat yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.  

Oldinroq Qaşqadaryo hamda Buxoroda daraxt kesganlar jarimaga tortilgandi.