Samarqand viloyati Qöşrabot tumanida içki işlar organlari xodimi şa’niga putur yetkazuvçi harakatlar sodir qilgan xodim işdan böşatilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sa’dullayev xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, katta serjant Z.S. içki işlar organlari safiga 2023 yil 20 noyabrda qabul qilingan va Qöşrabot tumani IIBda profilaktika inspektori lavozimida xizmat qilgan.

Xodim xizmat kiyimida spirtli içimlik iste’mol qilgani hamda içki işlar organlari xodimi şa’niga putur yetkazuvçi harakatlari uçun içki işlar organlari xodimlari safidan böşatilgan.

“Hozirda, uşbu holatning kelib çiqişiga yöl qöygan rahbar xodimlarga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlangan”, deyiladi xabarda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda katta serjant Z.S. qattiq mast holda bölgani, uning xizmat kiyimi boşdan oyoq loyga botgani körinadi.