Holat 1 fevral sanasida Toşkentning “Şimoliy vokzali”dan “Uçuvçilar şaharçasi”gaça harakatlanuvçi 52 avtobus bilan sodir bölgan. “Toşşahartransxizmat”ning izoh berişiça, haydovçining yölovçi taşiş qoidalarini buzganligi, öziga biriktirilgan avtobusni ehtiyotsizlik bilan boşqarib, yölovçilar avtobusga çiqib bölmasidan eşiklarini yopişi oqibatida 2 nafar yölovçi, ayol va uning qizi tan jarohati olgan.

Özining xizmat vazifasini suiiste’mol qilganligi uçun AJ bu avtobus haydovçisi bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilinganligini ma’lum qildi.

“Barça haydovçilar bilan yölovçilarni xavfsiz taşiş va ularni öz manzillariga soğ-omon yetkazib qöyiş eng oliy maqsadimiz ekanligi, yölovçilar bilan xuşmuomala böliş, xizmat körsatiş madaniyatini oşiriş yuzasidan yana bir bor tuşuntiriş işlari olib borilib, haydovçilar ustidan nazorat kuçaytirildi”, – deya qöşimça qilinadi rasmiy xabarda.

“Toşşahartransxizmat”ga köra, yuqoridagi kabi holatlar kuzatilgan taqdirda AJning qisqa raqamli 1062 işonç telefoni orqali yoki ATTO mobil ilovasi orqali murojaat qiliş mumkin.

Eslatib ötamiz, yil boşidan beri 2 marotaba avtobuslar bilan boğliq noxuş holat kuzatildi. 6 yanvar kuni Toşkentda Yunusobod tumanida avtobus va Matiz iştirokida YTH yuz bergandi.

31 yanvar kuni tongda esa Uçtepa tumanida King Long rusumli avtobusning orqa qismi yöl çetiga çiqib ketib, transportga zarar yetgandi. Öşanda “garmoşka” avtobus yuk maşinasi yordamida çiqarib olingandi.