Toşkent şahrining Yunusobod tumanida avtobus va Matiz iştirokida YTH yuz berdi. «Toşşahartransxizmat» matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Unga köra, 6 yanvar kuni soat 20:30 larda Yunusobod tumani, «Juma masjidi» bekati oldida King Long rusumli, 93-sonli yönalişda harakatlanayotgan avtobus va Matiz bilan mayda töqnaşuv sodir etgan.

Uşbu yöl-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yöq, yengil avtomobil texnik şikastlangan, avtobusga heç qanday zarar yetmagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.