31 yanvar kuni tongda Toşkent şahrida 11-yönalişda harakatlanuvçi tirkamali King Long avtobusi yöl-transport hodisasi sodir böldi. Bu holat aks etgan videoyozuv Kun.uz tahririyatiga yetib keldi.
Videoda «garmoşka» köp sonli odamlar yordamida evakuatsiya qilinganini köriş mumkin.
Hodisa Uçtepa tumanidagi 18-avtobus parki röparasida röy bergan. Özbekiston prezidenti 2022 yil dekabrida uşbu avtoparkka taşrif buyurgan, şundan keyin poytaxt jamoat transporti uçun katta siğimli avtobuslarning yirik partiyasi olib kelingandi.
Avtobus yönalişga çiqayotgan vaqtda yoğingarçilik oqibatida yöl qoplamasi çökkan loyli qatlam tuşib qolib, sirğanib ketgan. Natijada haydovçi boşqaruvni yöqotib, avtobusning orqa qismi yöl çetiga çiqib ketgan.
Hodisa vaqtida avtobus salonida yölovçilar bölmagan, jabrlanganlar yöq. «Toşşahartransxizmat» avtobus şikastlanmaganini ma’lum qilgan va uning YTHdan keyingi fotosuratlarini taqdim etgan.

«Hozirda avtobus maxsus yuk avtomaşinasi yordamida qiyalikdan çiqarilib, yönalişga qayta tasarruf etilgan», deyiladi xabarda.

















