Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vaziridan 2023 yilda ijtimoiy obektlarni kömirga ötkaziş böyiça qaror çiqqanda vazirlik bunga qanday munosabat bildirgani, bu borada vazirlik bilan kelişuv qanday bölgani haqida söraldi. Vazirga köra, öşanda vaziyat oğir bölgani uçun kömirga ötişga majbur bölingan.

«Odamlarda norozilik böldi. Öşanda juda oğir kunlar böldi. Oçiğini aytsak, hammamiz kömir yoqişga ham, boşqasiga ham tayyor edik. Mana bu yil qiş unça sovuq ham bölmadi, şuning uçun bu qandaydir odamlarning esidan çiqib, bemalolroq qabul qilinyapti», – dedi vazir.

Abduhakimov, qattiq sovuq bölib turganda, kasalxona va boğçalar qiynalib qolişi inobatga olinib qaror qabul qilingani, lekin şunga qaramay ekologiya vaziri sifatida bunday qarorlarga qarşi çiqiş uning vazifasi ekanini eslatdi.

«Ya’ni tarozi oğir bu vaziyatda, lekin soha vaziri sifatida kömir va mazutni taqiqlaşni talab qiliş vazifam. Yakuniy qaror hukumat tomonidan qabul qilinadi. Deylik, Iqtisodiyot vazirligi qarşilik qilişi mumkin iqtisodiy tomonlarni öylagan holda. Har bir qaror öziga yaraşa yondaşuvlar töqnaşuvi asosida böladi», – dedi Abduhakimov.

Mas’ul şuningdek, ekologiyani yaxşilaş haqidagi takliflar, qonunlar tez-tez qabul qilinayotganini quvonarli hol deb, bunda jamoatçilikning örni, qöllab-quvvatlovi muhim bölayotgani, jamoatçilik vazirlikka kuç berişini alohida ta’kidladi.

Ma’lumot uçun, 2023 yilda Özbekistonda 5 mingdan ortiq ijtimoiy obektlar kömir va mazutga ötkazilişi ortidan Toşkent şahrida havo sifati yomonlaşib borayotgani ma’lum qilingan edi.

Oldinroq, Ekologiya vazirligi mas’ullari Özbekistonda ijtimoiy obektlarning kömirga ötganini butun dunyoda bu tendensiya ketayotgani bilan izohlaşgandi. Biroq Xalqaro energetika agentligi 2023 yilgi hisoboti