Xalqaro energetika agentligining (IEA) yillik kömir bozori böyiça hisobotiga köra, 2023 yilda kömir iste’moli eng yuqori körsatkiçga çiqqan. Ammo bu yilgi hisobotda birinçi marta raqamlar kamayişiga oid prognozlar berilmoqda. Unga köra, kömirga bölgan talab 2026 yilga qadar kamayişi mumkin.
Ma’lumotlar ötgan yil davomida butun dunyo miqyosida kömirga bölgan global talab 1,4 foizga ösib, birinçi marta 8,5 milliard tonnadan oşganini körsatdi. Biroq har mintaqada bu raqamlar turliça taqsimlangan, hatto ba’zi hududlarda kömir iste’moli kamaygan.
Agentlik taqdim qilgan axborotda 2023 yilda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va AQŞda kömirga bölgan talab rekord darajada – 20 foizga pasaygani keltirilgan. Rivojlangan va rivojlanayotgan iqtisodga ega mamlakatlarda bu hodisa qayta tiklanuvçi energiya resurslaridan samarali foydalaniş bilan boğliq. Elektr energiyasiga bölgan talabi yetarli, ammo gidroenergetikasi zaif bölgan Hindiston va Xitoyda bu raqamlar mos ravişda 8 va 5 foizga oşgan.
Hisobotga köra, jahon mamlakatlari kuçliroq toza energiya va iqlim siyosatini e’lon qilmasa va amalga oşirmasa ham, 2026 yilga borib, 2023 yil darajasiga nisbatan global kömirga bölgan talab 2,3 foizga kamayişi kutilmoqda. Lekin bu jarayon uç yil içida qayta tiklanadigan energiya quvvatlarining sezilarli darajada kengayişi bilan boğliq.
Hozirda dunyoda kömirga bölgan talabning yarmidan köpi Xitoyning hissasiga töğri keladi. Şu sababli ham global qayta tiklanadigan quvvatni kengaytiriş köproq şu mamlakatda amalga oşirilişi lozim. Şunda Xitoyning kömirga bölgan talabi 2024 yildan pasayişni boşlaydi.
“Kömirdan foydalanişni kamaytiriş böyiça kuçliroq çoralar körilişi kerak”
Hozirgi vaqtda energiya, pölat va sement işlab çiqariş hamda inson faoliyati natijasida karbonat angidrid (CO2) çiqindilarining eng katta manbai bölgan kömirga global talabning prognoz qilinayotgan pasayişi tarixiy buriliş nuqtasi bölişi mumkin. Biroq bozor hisobotiga köra, global iste’mol 2026 yilgaça 8 milliard tonnadan ança yuqori bölişi kutilmoqda. Parij kelişuvi maqsadlariga mos keladigan tezlikda çiqindilarni kamaytiriş uçun kömirdan foydalaniş sezilarli darajada tezroq kamayişi kerak.
Agentlik xalqaro iqlim maqsadlariga erişiş yölida talabning keskin pasayişiga erişiş uçun kuçliroq çoralar köriş zarurligini aytmoqda.

















