Kiyevda norozilik aksiyasi

Kiyevda şahar ma’muriyati binosi oldida harbiylarni qöllab-quvvatlaş, Ukraina qurolli kuçlari ehtiyojlari uçun moliyalaştirişni oşiriş hamda budjet xarajatlari şaffofligini ta’minlaş talablari bilan korrupsiyaga qarşi yangi aksiya bölib ötdi. Bundan taşqari, bu safar talablarga şaharni yanada inklyuziv qilib, yaralangan va nogironligi bor harbiy faxriylar uçun qulay muhit yaratiş böyiça çaqiriqlar ham qöşilgan.

Şahar ma’muriyati binosi oldida bu kabi aksiya ötkazilişi odat tusini olmoqda, oxirgisi uç oyga yaqin vaqt oldin bölib ötgandi. Aksiya taşkilotçilaridan biri Miroslav Gavrişçuk «Suspilne» naşriga aytişiça, Kiyevda hozirda budjet xarajatlarining atigi bir foiziga yaqini harbiylarni qöllab-quvvatlaş uçun yönaltiriladi, holbuki Ukrainaning boşqa şaharlarida bu körsatkiç ança yuqoriroq. «2023 yilgi tahlillarga köra, Kiyevda budjet profitsiti kuzatilgan, bu esa qöşimça mablağlar ham mavjudligini anglatadi», — degan Gavrişçuk. Uning sözlariga köra, ötgan yil davomida ötkazilgan bu kabi aksiyalar qisman natija bergan — şahar hokimiyati harbiylarni qöllab-quvvatlaş uçun qöşimça 3,3 milliard grivna (880 ming dollar atrofida) ajratgan.

Kiyev şahri harbiy ma’muriyati binosi oldidagi namoyişçilar
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images

Donbassga jönab ketişga tayyorlanayotgan harbiylar

Yaqinda CNN naşrida çiqqan maqolasida Ukraina QK boş qömondoni Valeriy Zalujniy Ukraina şaxsiy tarkibni töldirişda qiyinçiliklarga duç kelayotgani, RF QK esa inson resurslarida katta ustunlikka erişayotganini tan olgandi. Ukraina qurolli kuçlari yöqotişlarga uçraşda davom etmoqda, şu bilan birga Ukraina QK harbiy xizmatçilarining örtaça yoşi ortib bormoqda — The Sunday Times baholariga köra, hozirda bu 43 yoşni taşkil etadi. Hukumat bu muammoni hal etiş uçun safarbarlik uçun quyi yoş çegarasini 27 dan 25 ga tuşirişni taklif qilmoqda — hozirda bundan yoşroq yigitlarni faqat ularning roziligi bilan jangga yuboriş mumkin. Volodimir Zelenskiy yaqin vaqtlar içida qöşimça 450–500 ming kişini safarbar qiliş rejalari haqida gapirgan, ammo bu masalada yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. 

Donbassga qaytayotgan yarador askar Lvivdagi temiryöl vokzalida
Moktar Hamdi / Sipa / Scanpix / LETA