Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy nafaqat Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniyni, balki boş ştab boşliği Sergey Şaptalani ham almaştiriş böyiça maslahatlaşuvlar olib bormoqda. Bu haqda «Ukrainskaya pravda» Ukraina prezidenti jamoasidagi va harbiy doiradagi vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib xabar tarqatdi.

«Boş ştabdan Şaptala ham ketadi. Boşqalar böyiça vaziyat noaniq», — degan jurnalistlarning yuqori martabali suhbatdoşlaridan biri yaqin vaqtlar içida Boş ştabda qanday özgarişlar kutilayotgani haqidagi savolga javoban.

Naşrning boşqa bir manbasi esa «bu voqealarning barçasi hafta örtasida röy berişi mumkinligi»ni aytgan.

5 fevral kuni Valeriy Zalujniy feysbuk sahifasida Sergey Şaptala bilan birga tuşgan suratini joylab, uni tuğilgan kuni bilan tabrikladi. «Bizga hali yanada oğirroq böladi, ammo uyatli bölmasligi aniq. Bu hayotda va uruş davrida siz, Ukrainani barça narsadan ustun qöyadigan inson yonimda bölganingizdan baxtiyorman», — deya yozgan Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni.

  • Ukraina va Amerikadagi naşrlar ma’lumotiga köra, Volodimir Zelenskiy 29 yanvar kuni ötkazilgan yiğilişda Valeriy Zalujniyga tez orada Ukraina qurolli kuçlari boş qömondonligidan iste’foga çiqişi haqida ma’lum qilgan. Avvaliga Ukraina prezidenti ofisidagilar va Ukraina mudofaa vazirligi Zalujniyni iste’foga çiqariş rejalaştirilgani haqidagi xabarlarni rad etayotgandi. Ukraina QK boş qömondonini lavozimidan ozod etiş töğrisidagi farmon hozirça imzolanmagan. 4 fevral kuni italyanlarning Rai News 24 telekanaliga bergan intervyusida Zelenskiy Zalujniyni iste’foga çiqariş imkoniyatini körib çiqayotganini tasdiqladi.