Bu haqda Qozoğiston prezidentining «Qozoğiston Respublikasi hukumati töğrisida»gi farmonida aytilgan. Hujjat Oqörda saytida e’lon qilingan.
«Konstitutsiyaning 70-moddasi 1-bandi, «Qozoğiston Respublikasi hukumati töğrisida»gi konstitutsiyaviy qonunning 4-moddasiga muvofiq, hukumatning yangi saylangan parlament majlisi oldida iste’foga çiqişi munosabati bilan hukumat yangi tarkib tasdiqlanmagunça öz vazifalarini bajarsin», — deyiladi hujjat matnida.
Avvalroq Qozoğiston boş vaziri Alixan Smailov hukumat yangi Konstitutsiyaga muvofiq iste’foga çiqişini ma’lum qilgandi.
«Yangi boş vazir kim bölişini prezident va parlamentning yangi majlisi hal qiladi», dedi u.
Qozoğistonda röyxatga olingan yetti partiyadan oltitasi respublika parlamenti quyi palatasiga kirdi, hukmron «Amanat» partiyasi köpçilikni (53,9 foiz ovoz) örinni qölga kiritdi, «Auyl» Xalq demokratik vatanparvarlik partiyasi 10,9 foiz ovoz bilan ikkinçi örinni egalladi.












