Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili Navoiy viloyatining Karmana tumanida mahallalarga “Şarmanda doskasi” tarqatilişiga munosabat bildirdi.

“Ta’kidlaş lozimki, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida insonning şa’ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Heç narsa ularni kamsitiş uçun asos bölişi mumkin emasligi, heç kim qiynoqqa solinişi, zöravonlikka, boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvçi muomalaga yoxud jazoga duçor etilişi mumkin emasligi qat’iy belgilangan.

Qolaversa, Jinoyat kodeksining 7-moddasiga köra, jazo va boşqa huquqiy ta’sir çoralari jismoniy azob beriş yoki inson qadr-qimmatini kamsitiş maqsadini közlamaydi.

Yuqoridagilardan kelib çiqib, Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili mahallalardagi e’lon taxtalariga aybdor deb topilgan şaxsning fotosurati va u haqdagi ma’lumotlar joylaştiriş amaliyotini inson huquqlariga zid deb hisoblaydi”, deyiladi Ombudsman munosabatida.

Oldinroq Navoiydagi mahallalarda “Şarmanda doskasi” paydo bölgani, ana şunday “doska”lar Karmana tumanidagi mahallalarga tarqatiş uçun tayyorlab qöyilgani xabar qilingan edi. Karmana tumani IIB boşliği örinbosari Nabijon Çöliyev Kun.uz jurnalisti bilan suhbatda taxtaning nomlanişi xato ketganini, hozirda xatolik tuzatilib, MFY binolariga e’lonlar taxtasi örnatib çiqilayotganini bildirgandi.