“Yevropa bilan hamkorlikka köp qirrali, strategik jihatdan yondaşiş kerak” - ekspertlar
|23:22 / 08.02.202411 95511 min
Yanvar oyida Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoda öz iştirokini kengaytiriş böyiça rezolyutsiya qabul qildi. “Geosiyosat” dasturi ikki mintaqa munosabatlaridagi özgarişlar, Rossiyani çetlab ötib Yevropani Xitoy bilan boğlovçi transport yölagi va 5+1 formatlari haqida söz yuritiş uçun siyosiy tahlilçilar Farhod Tolipov va Kamoliddin Rabbimovni taklif etdi.
— Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo böyiça yangilangan strategiyasi nimani anglatadi?
Farhod Tolipov: — YeI Markaziy Osiyo böyiça asosiy 2007 va 2019 yillarda strategiya qabul qilgan. Uçinçi strategiya bölyaptimi-yöqmi – men uçun mavhum. Yaqinda Yevropada bir konferensiyada böldim, u yerda YeIning Markaziy Osiyo böyiça vakili menga Markaziy Osiyo böyiça yangi strategiyaga hojat yöq, 2019 yildagi strategiya juda yaxşi işlangan, şuning amaliy işlaşi haqida işlar bölyapti, dedi. Balki qandaydir özgartiriş kiritilar. Hozir ham öşa strategiyani öqisak, uning matni eskirmagan, masalalar dolzarb bölib turibdi. Yangilaşga hojat yöq, şuning özini amalga oşirsa ham, ança katta iş bölardi.
YeI bilan munosabatlarimizda strategiyadagi masalalar böyiça nimalar amalga oşdi, deb sarhisob qilsak, hali köp işlar borligini köriş mumkin. Şu ma’noda hali yangi strategiya qabul qilinmasa kerak, özgartirişlar kiritilişi mumkin.
— Yevropa Ittifoqi komissiyasi va MO respublikalari taşqi siyosat vazirlari nima sababdan 5+1 formatidagi sammitlarni ötkazişni afzal körmoqdalar va bu format kelgusida yanada kengayişi mumkinmi?
Kamoliddin Rabbimov: — Bu format taşqi dunyo mintaqani yaxlit körayotganidan darak, bizning yutuğimiz bu. Bu beş respublikaning tarixi ham bir-biri bilan boğliq, bitta. Sovet ittifoqi davrida parçalandi. Lekin Rossiya propagandasi özbek degan millatni biz öylab topdik deyişi ham ğirt yolğon.
Taşqi dunyo mintaqani bitta körişi mintaqa istiqboli uçun yutuq hisoblanadi. YeIda Fransiya, Germaniya kabi davlatlar bilan 5+1 formatida uçraşuvlar bölayotgan edi. Birinçi marta 5+1 tarzda YeI va Markaziy Osiyo sammiti böladi Samarqandda. Samarqand bölişining ham ramziy ma’nosi bor, ya’ni birorta davlat poytaxti emas, mintaqaning tarixiy markazi bölgani uçun.
YeI uçun Markaziy Osiyoning geosiyosiy ahamiyati özgarib boryapti. Bir neça yillar oldin YeIning Markaziy Osiyoga geosiyosiy qaraşi 2 ta narsani maqsad qilib qöyar edi: Afğonistondagi xavfsizlik va Rossiyaning geosiyosiy loyihalariga şubha bildiriş, işonçsizlik. Imperiyaçilik kayfiyati kuçaygan fonda Ukraina uruşidan keyin Markaziy Osiyoga e’tibor kuçaydi. Çunki bir tomondan geosiyosiy vaziyat, ikkinçi tomondan YeIning xavfsizligi, energetikasi, Xitoy, umuman, Şarq bilan aloqalarida Markaziy Osiyoning ahamiyati nihoyatda ösdi.
Mavzuga oid
Farhod Tolipov: — 5+1 formatlari nisbatan yangi fenomen, oxirgi yillarda kuçayyapti. Lekin YeI siyosatida Markaziy Osiyoga yaxlit mintaqa sifatida qaraş 90-yillardan boşlangan edi. Ya’ni aynan S5+1 şaklida muloqot qilmagan bölsa-da, birinçilar qatorida mintaqa sifatida qaragan. 2007 yilda Markaziy Osiyo böyiça strategiya qabul qilingan, YeIda Markaziy Osiyo böyiça diplomatik vakil lavozimi ham kiritilgan.
Ilmiy faoliyatim davomida YeIning Markaziy Osiyo böyiça diplomatik vakillari bilan suhbatlaşganman, fikr almaşganman. Bundan taşqari, YeIning xavfsizlik masalalari böyiça komissari Fedirika Mogerini xonim (2014-2019) doim biz Markaziy Osiyo bilan integratsion tajribamizni bölişişga tayyormiz, degan fikrni bildirib kelgan. Markaziy Osiyo integratsiyasidan manfaatdor ekanliklarini körsatib kelişgan.
— Markaziy Osiyo mamlakatlari uçun bu Transkaspiy transport yölakning geosiyosiy ahamiyati nimada va bu ularning taşqi siyosatida qanday özgarişlarni yuzaga keltirişi mumkin?
Farhod Tolipov: — Oxirgi vaqtlarda ekspertlarimiz, media, rasmiy doiralar koridorlar, taşqi iqtisodiy aloqalarni diversifikatsiya deb atagan holda, turli yöllarni, istiqbolli loyihalarni körsatişga harakat qilişyapti. Bular töğri gap, lekin bu masalaning içiga kirib borib, raqamlarga, strukturaga qaraydigan bölsak, unçalik oson masala ham emas. Xitoy ham aynan şu masala ustida boş qotiryapti, u ham Rossiyaga boğliq bölmagan yöllarni izlayapti. Hozir Markaziy Osiyodan ötib Transkaspiy yönalişidan Yevropaga çiqiş işlarini boşlagan.
Bitta misol aytaman. Ötgan yili Şanhayda bölgan konferensiyada Xitoy va YeI tomonlari savdo aloqalarini muhokama qilar ekan, xuddi örtada boşqa davlatlar yöqdek muhokama qilişdi. Şunda men Markaziy Osiyo, Kavkaz mintaqalaridagi davlatlar nima deydi, qanday vaziyat böladi, şuni ham muhokama qiliş kerak, dedim. Şundan keyin bu böyiça ham alohida muhokamalar bölişi kerak degan fikrga kelişdi. Ya’ni bir qaraşda, muhokama qilişda oson bölib körinadi, boşqalarning manfaatlari bor, mos kelmay qolişi mumkin. Şu sabab bu borada hali izlanişlar kerak böladi.
Kamoliddin Rabbimov: — Markaziy Osiyoning 5 ta respublikasi sönggi bir yarim asrda Rossiyaga kuçli boğlandi, ma’lum vaqt tarkibida ham böldi. Şu sabab yöllar Rossiyaga boğlanib qolgan. Bir söz bilan aytganda Rossiya monopoliyasida. Monopoliyadan çiqiş şarti ham bir qança muqobil yöllar yaratişdir. Farhod aka aytgandek, texnik tomonlari juda oğir buning, katta toğlar, çöllar bor, moliyalaş masalasi bor. Hali Yevropaning özida ham Xitoy bilan savdo aloqalarida ikki xil qaraş bor. TransAtlantik qaraşli, ya’ni AQŞ tarafdorlariga bu yoqmaydi.
YeIdagi qudratli davlatlar muqobil, dengiz yölidan boşqa yöllarni ham izlaydi. Oldin Markaziy Osiyoga potensiali kam mintaqa sifatida qaralar edi. Çunki dengiz yöllari arzon edi, mintaqada ham hozirgidek yakdillik yöq edi, Rossiyaning ham ta’siri katta edi. Bugungi kunda şunday qaraş borki, agar AQŞ va Xitoy jiddiy konfliktga borsa, dengiz yöllari tizimi izdan çiqişi mumkin, şu sabab muqobil yöl kerak. Bu esa Markaziy Osiyo rolini oşiryapti. Bizning manfaatlarimiz esa Rossiya monopoliyasidan çiqiş va erkin savdo orqali foyda köriş böladi.
— Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizligi va barqarorligi sohasida Yevropa Ittifoqining qanday roli bor?
Farhod Tolipov: — Bu savolni YeI va AQŞ vakillariga doim beraman uçraşuvlarda. Strategiyalarda, boşqa hujjatlarda Markaziy Osiyoning xavfsizligi borasida juda katta gaplar bor, lekin mabodo real tahdidlar yuzaga kelsa, aytilgan işlarni qanday amalga oşirasiz, qanday çoralar köriladi, deb sörayman. Lekin yevropaliklar ham, amerikaliklar ham javob berişolmadi. Ya’ni de-yure darajasidagi hujjatlar, bayonotlar bor, ammo de-fakto darajasiga köçganda katta masofa borligini köriş mumkin. Şu masofani qisqartiriş kerak.
Ular savollarga javob berolmay qolyapti, deyapmiz, lekin ayni paytda özimiz harakat qilişimiz kerak yaqinlikka. Özimizning imijimizni, jozibadorligimizni oşirişimiz kerak, bundan taşqari, mintaqaviy yaqin hamkorlik bilan ham ularning oldida statusimiz ösişi mumkin. 2019 yildagi Markaziy Osiyo böyiça strategiyasining birinçi bobida ham mintaqaviy hamkorlikka, integratsiyaga urğu berilgan.
Kamoliddin Rabbimov: — YeI Afğonistonda xavfsizlik va davlatçilik şakllanişida katta rol öynadi, lekin bu strategiya iş bermadi va 2021 yilda hokimiyatga toliblar keldi. Lekin e’tibor beriş kerak, YeI davlatlari, AQŞ doim biz davlatlarning mustaqilligi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini qadrlaymiz, deydi.
Geosiyosiy kontekstda olsak, possovet hududidagi kuçli davlatning boşqa kuçsizroq davlatlarga bosimi köp uçradi. Masalan, Rossiyaning Ukrainaga bosqini, Gurjistonning parçalab taşlanişi. Markaziy Osiyoning 5 respublikasida ham iqtisodiy, hududiy, ijtimoiy va boşqa muammolar bor, bu muammolar Rossiya tomonidan töliq rasmiylaştirilmagan. Çunki mintaqa hali aksilrossiya bölgani yöq, bizning mintaqa davlatlari geosiyosiy mustaqillikni Ukraina, Boltiqböyi davlatlari, Kavkaz respublikalari darajasiga olib çiqişga intilmadi ehtiyotkorlik yuzasidan, ba’zida esa bu ehtiyotkorlik oşib ham ketdi.
YeI mintaqamiz integratsiyasi va mustaqilligidan manfaatdor. Ularning strategiyasi ma’nosi şundayki, iqtisodiy qudratli va geosiyosiy mustaqil bölişi kerak, çunki qöşni qudratli davlatlar tomonidan yutilib ketmasligi lozim. Bu narsa oçiqdan-oçiq aytilmaydi odatda, lekin bizning manfaatlarimizga töğri keladigan yondaşuv bu.
— Kelajakda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo munosabatlari örtasida qanday potensial strategik şerikçilik yoki ziddiyatlar yuzaga kelişi mumkin?
Farhod Tolipov: — MO va YeI haqida gap borganda, savdo yöllari, koridor, iqtisodiy foyda haqida gap boradi, mana şu tor qaraşdan voz keçiş kerak. YeI bilan hamkorlikka köp qirralilik, strategik tomonlama yondaşiş kerak. Qadriyatlarga tayangan siyosat degan narsa bor, ya’ni faqat iqtisodiy emas, davlatçilik nuqtayi nazardan yaqin munosabatlar.
Temur davrida ham Yevropa bilan aloqalar bölgan. Xalqimizda ham yevropaça şaroit, quriliş kabilarga qiziqiş katta, umuman, yevrosentrizm bizga begona emas. Yuqorida aytilgandek, mintaqamiz Rossiya, Xitoy qurşovida turgan bir paytda Yevropaga intilib geosiyosat olib boriş Markaziy Osiyo uçun yutuq bölardi. Lekin aytganimdek, Yevropa ham şunçaki Markaziy Osiyoni qöllamaydi, intiliş, qadriyatlarga tayangan siyosat bölişi kerak. Bilamizki, Yevropa, AQŞ şartli yordamlar beradi, ya’ni demokratiya, inson huquqlari kabilarni talab qilgan holda, qadriyatlar bular. Tabiiyki, şartlarga amal qilinmasa, tanqid qilinadi, yordam qisqaradi. Özining a’zosi bölgan Vengriyaga ham mana şunday siyosat olib boryapti YeI, qadriyatlarga tayangan siyosat mana şunday kuçli. Şuni inobatga olgan holda YeI bilan munosabatlarni quriş kerak.
Kamoliddin Rabbimov: — YeI bugungi kunda oğir davrni boşdan keçiryapti. YeI integratsiyalaşgan, konfederatsiya şaklida rivojlangan eng yaxşi ittifoq namunasi. Inson huquqlari, liberalizm ta’minlandi. Lekin erkin jamiyat bölgaç, ziddiyatlar tabiiy ravişda böladi. YeI, umuman, sönggi bir neça asrdagi Ğarbiy Yevropa dunyodagi siyosiy tafakkur öçoği bölib kelyapti. Asosiy siyosiy-falsafiy oqimlar, ğoyalar, mafkuralarning öçoği Yevropa. Yevropada boşlangan koloniyalizm oqibatida Rossiya bizga bostirib keldi, keyinçalik mustamlakalarni ozod qiliş siyosati ortidan esa keç bölsa ham mustaqillikka erişdik. Ya’ni Yevropa şunday muhim nuqtaki, u yerdagi ğoyalar dunyoning asosiy trendlarini körsatib beradigan markaz sifatida köriladi.
Biz uçun YeI ahamiyati şundaki, mustaqilligimizni saqlaşdagi geosiyosiy turfa xillik va muvozanat tizimi. Markaziy Osiyo va YeI munosabatlari şunday bölişi kerakki, mintaqamiz atrofidagi qudratli davlatlarga yutilişga yöl qöyiladigan, tiyib turiladigan bölişi kerak.
Farhod Tolipov: — Bryusselda Markaziy osiyolik mutaxassislar bilan uçraşuvda bir taklif bergandim, balki şundandir yoki özlarida şu ğoya paydo bölgandir: hozir Markaziy Osiyo davlatlari va YeIdagi davlatlar örtasidagi alohida hamkorlik, bundan taşqari, yuqori taşkilotlarning (YeI, NATO, Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti) birgalikdagi umumiy strategiyasi orqali siyosat olib boriş işlari ustida ham işlanyapti.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi