Dunyodagi eng yirik kriptovaluta birjasi – Binance Özbekistonda litsenziyasiz faoliyat yuritgani uçun belgilangan jarimani tölamagan. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori örinbosari Vyaçeslav Pak ma’lum qildi.
“Ofşor zonada röyxatdan ötgan Binance'ni Özbekistonda litsenziyasiz faoliyat yuritgani uçun jarimaga tortgandik. Kutganimizdek, ular jarima tölaşdan boş tortdi. Şuning uçun Özbekiston Respublikasi qonunçiligidan kelib çiqib, sudga da’vo bilan murojaat qilamiz va tegişli qaror qabul qilinadi”, – dedi Pak 6 fevral kungi matbuot anjumanida.
Uning aytişiça, sud qarori rasmiy kanallar orqali Binance röyxatdan ötgan yurisdiksiyaga ijro etiş uçun yuboriladi va birja Özbekiston qonunçiligi talablariga muvofiq işlaşi ta’minlanadi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Binance'ni Özbekiston tegişli provayder litsenziyasini oliş böyiça tegişli çoralar körmagani uçun yanvar oyida 300 BHM – 102 mln söm miqdorida jarimaga tortgandi.
Bundan taşqari, kriptobirja faoliyatida bir qança qonunbuzarliklar aniqlangan. Binance platformasida operatsiyalar anonim kripto-aktivlar, şuningdek, jinoiy yöl orqali olingan kripto-aktivlar va mablağlar (öğrilik, firibgarlik va boşqalar) bilan amalga oşirilgani, kompaniya yuridik şaxs – Özbekiston Respublikasining rezidenti emasligi, Özbekiston Respublikasi hududida joylaşgan serverlarda elektron platforma mavjud emasligi şular jumlasidan.
Şu bilan birga, birja Özbekiston Respublikasining kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi, şuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga, terrorizm va ommaviy qirğin qurollarini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş, şuningdek, şaxsiy ma’lumotlarni saqlaş va ulardan foydalaniş sohasidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etmaganlikda ayblangan. Bir qismi Özbekiston Respublikasi tijorat bankida alohida hisobvaraqda saqlanişi zarur bölgan ustav jamğarmasi (kapitali) mavjud emasligi ham ma’lum qilingandi.

















