Surxondaryo viloyatida kredit mablağlarini talon-toroj qiliş holatlari aniqlandi, deb xabar beradi Boş prokuratura huzuridagi departament.

Qayd etilişiça, departamentning Boysun tuman bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan. Tekşiruvda «G.G.» MÇJ rahbari Ş.S. hududiy tijorat banki filialidan zamonaviy issiqxona quriş maqsadida ajratilgan 1 milliard söm kredit evaziga issiqxona jihozlarini olib kelmasdan, kredit mablağlarini “N.M.” MÇJga ötkaziş orqali talon-toroj qilgani aniqlangan.

Şu kabi, «B.H.» fermer xöjaligi rahbari B.F. çorvaçilikni rivojlantiriş maqsadida hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit mablağlari evaziga olib kelingan yirik şoxli nasldor çorva mollarini boşqa şaxslarga sotib yuborib, jami 900 million söm kredit mablağini talon-toroj qilgani ma’lum böldi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.