Rasulov Akmal Asqaroviç Toşkent şahar Ekologiya boşqarmasi boşliği lavozimida iş boşladi. Bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.
Tayinlov Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirining tegişli buyruğiga köra amalga oşirilgan.
Akmal Rasulov tayinlovga qadar Toşkent şahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasi boşliği örinbosari vazifasida faoliyat olib borgan.
Toşkent şahar Ekologiya boşqarmasi sobiq boşliği poytaxtda moratoriyga qaramay daraxtkesarliklar töxtamayotgani ortidan 2023 yilning 30 dekabridan 2024 yilning 1 fevraligaça bir oyga işdan çetlaştirib, uning oxirgi 2 yildagi faoliyati böyiça xizmat tekşiruvi tayinlangandi. Boşqarmaning daraxt kesiş yoki köçirib ötqazişga ruxsatnoma beriş vakolatlari esa vaqtinça vazirlikning öziga ötkazilgan.
Tekşiruv davomida Toşkent şahar ekologiya boşqarmasining barça tarkibiy bölinmalari rahbarlari, xodimlarining faoliyati hamda 2021–2023 yillar davomida boşqarma tomonidan davlat örmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni kesişga berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi va asoslari örganilişi aytilgan edi.












