Vladimir Putinning amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusi aql bovar qilmaydigan miqyosdagi voqea sifatida anons qilingandi. Prevyuning özini millionlab marta tomoşa qilişdi, Karlson intervyuning töliq versiyasini joylaştirgan X (tvitter) ilovasi esa App Store’da eng köp yuklab olingan ilovaga aylandi.

Kreml ta’siridagi naşrlar teleboşlovçining Moskvadagi har bir qadamini sanab yurganida Karlsonning özi amerikaliklarni göyoki ulardan sinçiklab yaşirilgan haqiqat bilan yuzlaştirişni va’da qildi. Lekin Vladimir Putin amalda heç qanday yangi gap aytmadi.

BBC muxbiri Olga Prosvirova uşbu intervyuning asosiy jihatlarini tahlil qildi.

Tarixga ekskursiya. Yana bir marta

Taker Karlson intervyuning pafosga töla prevyusida amerikaliklarning köpçiligi Putin nima uçun Ukrainaga bostirib kirgani töğrisida tuşunçaga ega emasligini aytgandi. Holbuki Amerikadagi CNN va Fox News kabi yirik telekanallar Rossiya prezidentining Ukrainani «demilitarizatsiya» va «denatsifikatsiya» qiliş töğrisidagi çiqişlarini bir neça bor jonli efirga uzatgandi.

Endi amerikaliklar — öz navbatida rossiyaliklar ham — bu masalani çuqur tuşuniş imkoniga ega bölişdi: Karlson tarixga qiziqişidan mamnun bölgan Vladimir Putin ikki soatlik intervyudan 23 daqiqani Rossiya va Ukraina tarixiga ekskursiya uyuştirişga sarfladi.

Putin özining uzoq davom etgan nutqi avvalida polyaklar haqida gapirdi, keyin esa Karlsonga Bogdan Xmelnitskiyning xatlari nusxalari keltirilgan bir qança arxiv hujjatlarni körsatdi — «bu meni yöq narsani öylab topyapti deb öylamasliklari uçun», deya qöşimça qildi rossiyaliklar prezidenti. Keyin esa tomoşabinlarda Rus tarixi, Yekaterina II hukmronligi davridan tortib bugungi kunlarga qadar bölgan ma’lumotlarni tinglaş imkoniyati tuğildi.

Vladimir Putin özi boşlagan Ukrainadagi uruş haqida gapirarkan, tarixga, xususan, Pyotr I davriga murojaat qilişni yoqtiradi. Ğarbdagi siyosatçilar bir neça bor Putin Rossiya-Ukraina uruşi kontekstida özini ötmişdagi çegaralarni kuç bilan qayta çizişga tayyor bölgan siyosatçilar kabi tutişga urinayotganini qayd etişgan — Pyotr davrida taşqi siyosatdagi mojarolar aynan şunday hal qilingan.

Financial Times naşri Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşiga olib kelgan voqealar xronikasini tiklaşga uringan — öşanda manbalardan biri jurnalistlarga şunday degandi: «Unda [Putinda] uç nafar maslahatçi bor — Ivan Grozniy, Pyotr I va Yekaterina Velikaya». Putin Pyotr kabi tarixda qolişiga işonadi, deya qöşimça qilgandi manba.