Prezident raisligida agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bağişlangan yiğiliş bölib ötmoqda.

Ma’lum qilinişiça, sohada sönggi yillarda amalga oşirilgan islohotlar natijasida dehqon-fermerlarning manfaati, daromadi oşib, mahsulot köpaydi, klaster tizimi rivojlanib, yuqori unumli texnika va çuqur qayta işlaş kirib kelgan, yangi navlar va agrotexnologiya köpaygan. 

Ötgan yili sohada işlab çiqariş 4,1 foizga ösib, 426 trln sömni taşkil qilgan. Eksport esa qariyb 2 mlrd dollarga yetgan. 152 ming gektar boğ va tokzorlar barpo qilingan.

2023 yil ilk bor 3 mln 700 ming tonna paxta, 8 mln tonna ğalla hosili olingan. 

Yiğilişda yer va suv resurslari çeklangan şaroitda qişloq xöjaligi mas’ullari joriy yilda mutlaqo yangiça işlaşi zarurligi qayd etildi.

Tannarxni kamaytiriş, yuqori hosil beradigan uruğ va köçatlarni yetkazib beriş, sanoat muhitini olib kiriş böyiça ayrim mutasaddilar va hokimlar yetarliça işlamayotgani tanqid qilindi.

Joriy yilda tumanlarga hosildor uruğlarni yetkazib, dehqonlarni yangi agrotexnologiyalarga öqitib, paxta va ğallada hosildorlikni yanada oşiriş muhimligi körsatib ötildi. Şuningdek, öğit tannarxni 15 foizga kamaytirib, qişloq xöjaligini 900 ming tonna mineral öğit bilan ta’minlaş vazifasi qöyildi.