Toşkent viloyati Oqqörğon tumanida tadbirkorning juda köp miqdordagi pul mablağlarini qölga kiritgan şaxslar aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, departamentning Oqqörğon tuman bölimi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qiliş yuzasidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan. Unda “A.O.” MÇJ ta’sisçisi Z.K. va boşqalar 2021-2023 yillar davomida “M.G.” xususiy korxonasi va “B.O.” MÇJga 2 700 tonna çigit mahsulotlari yetkazib berişi evaziga ularning 559 ming AQŞ dollarini naqd holda hamda 1,5 mlrd sömini pul köçiriş yöli bilan qölga kiritganliklari aniqlangan.
Şuningdek, MÇJ ta’sisçisi Z.K. va işçisi E.X. firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan mablağlari hisobidan Trailblazer, BYD Yuan Plus va Cobalt maşinalarini hamda Sitrak rusumli yuk maşinasini xarid qilganliklari ma’lum bölgan.
Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

















