Prezident özbek qöşiqçilik san’ati rivojida öçmas iz qoldirgan Özbekiston va Tojikiston xalq artisti, Alişer Navoiy mukofoti sovrindori, maşhur hofiz Şerali Jörayev nomini barça alohida hurmat bilan esga olişini ta’kidladi.
Davlat rahbari Andijon şahridagi san’at maktabiga Şerali Jörayev nomini beriş taklifini ilgari surdi.
Bu maktab Musiqa va san’at kollejiga aylantirilib, grant asosida zamonaviy kadrlar tayyorlaş yölga qöyiladi. Yangi öquv va turar joy binosi, zarur infratuzilma obektlari barpo etiladi, şuningdek, Şerali Jörayev byusti örnatiladi.
«Agar umri davomida adolatsizlik bölmaganda edi, balki hozir Şerali Jörayev yonimizda bölar edi.
Şerali Jörayev, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Halima Xudoyberdiyevaga öxşagan insonlarni ta’riflaşga baholar yetmaydi, haqiqatda hozir bunday insonlar yetişmaydi», degan davlat rahbari.
Marhum qöşiqçining katta öğli Şohjahon Jörayev ham söz olib, otasining ijodi ikki davrga bölinişi, 90-yillardan boşlab 25 yil davomida taqiqda yurgani, 2016 yildan esa ikkinçi davri boşlangani haqida gapirdi.
«Biz har yili mustaqillik bayramini tomoşa qilib, otamiz çiqarmikin, Özbegimni aytarmikin, deb duo qilardik.
Şu kunni siz otamizga qaytib berdingiz. Otam qaytib kelib, ota 40 yoşimni qaytarib berdilar, degandi», deydi u.

















